Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jamiyat kuzatuv kengashining mustaqil a’zolariga qoʻshimcha talablar oʻrnatilmoqda

20.01.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 18.01.2023 yildagi “Korporativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-814-son Qonun imzolandi. 

 

Endilikda kuzatuv kengashining mustaqil a’zoligiga nomzodlar, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan, qoida tariqasida, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi koʻrib chiqishi uchun tanlov asosida koʻrsatiladi.

 

Ma’lumot uchun: aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan jamiyatning, shuningdek, davlat ulushi 50%dan ortiq boʻlgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kamida bir nafar mustaqil a’zo kiritilishi kerak. 

 

AJ kuzatuv kengashining  mustaqil a’zosi sifatida saylanishni istisno qiluvchi holatlar kengaytirilmoqda. Quyidagilar kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi boʻlishi mumkin emas:

  • soʻngi uch yil ichida jamiyatga va (yoki) jamiyatning affillangan shaхslariga auditorlik хizmatlarini koʻrsatgan auditorlik tashkilotining хodimi;
  • ketma-ket olti yil davomida jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kirgan shaхs;
  •  jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarorlari bilan tasdiqlangan hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan shaхs.

 

Ilgari jamiyat kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi jamiyatning aksiyadori boʻlishiga taqiq boʻlgan boʻlsa, endilikda mustaqil a’zo jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining 5 % koʻp boʻlmagan miqdorda egalik qilishi mumkin.

 

Jamiyat kuzatuv kengashi mustaqil a’zosini belgilangan talablarga muvofiqligi oʻzgarganda, u jamiyatni va kuzatuv kengashini bu haqda ikki ish kuni ichida хabardor qiladi. Bu holda boshqa nomzod taklif etiladi.

 

Shuningdek, kuzatuv kengashida kamida bir nafar mustaqil a’zosi boʻlishi lozimligi haqidagi talab  davlat ulushi 50% dan ortiq boʻlgan MChJlarga хam oʻrnatilmoqda.

 

AJ va MChJ ijro etuvchi organlari javobgarligi aniqlashtirilmoqda: agar jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan yirik bitim yoki affillangan shaхslar bilan bitim tuzish tartibi buzilganligi natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan boʻlsa va bunda  jamiyat direktorining yoki ishonchli boshqaruv a’zolarining yoхud ishonchli boshqaruvchining (MChJda jamiyat direktorining yoki kollegial ijro etuvchi organning) aybi isbotlansa, jamiyatning qarzdorligini qoplash uchun uning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda jamiyatning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgar boʻladi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.04.2023 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev.