Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash masalalarida nimalar oʻzgarmoqda Masofadan turib ishlaydigan chet elliklar uchun banket хarajatlari vakillik хarajatlariga kiradimi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi

Jamiyatda huquqiy madaniyat qanday oshiriladi

25.09.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 18.09.2024 yildagi “2024-2025 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VMQ-588-sonli qarori qabul qilindi.

 

Dastur 4 yoʻnalishga tavsiflangan 95 ta chora-tadbirdan iborat: 

  • aholining huquqiy madaniyatini oshirish;
  • aholini huquqiy madaniyatini oshirishda innovatsion usullarni qoʻllash;
  • huquqiy madaniyatni oshirishda OAV rolini kuchaytirish;
  • huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish

 

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish darajasi va sifati ular faoliyatining samaradorligini baholash mezonlaridan biri hisoblanadi. 

 

Dastur matni bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.09.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev