Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jamoat joylarida chekish va spirtli ichimlik ichish uchun jarimalar oshirildi

04.01.2016

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 29.12.2015 yildagi OʻRQ-396-son Qonun bilan jamoat joylarida tamaki va alkogolli mahsulotlar iste’mol qilganlik uchun javobgarlik oshirildi.

 

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) jamoat joylarida tamaki va alkogolli mahsulotlar iste’mol qilganlik uchun yangi ma’muriy jarimalar joriy qilish hamda mavjudlarini oshirishni koʻzda tutadigan bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Inchunun, хususan,  MJtKning 561-moddasiga muvofiq jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish 1/3 EKIH miqdorida (EKIH miqdorlari material chop etilgan sanasiga dolzarb) jarima solinishiga sabab boʻladi, bugungi kunda  bu 43 413 soʻmni tashkil qiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishga cheklovlar “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻgʻrisida” Qonun (26.08.2011 yildagi) bilan mustahkamlangandi. Biroq, oldin mazkur huquqbuzarlik uchun sanksiyalar koʻzda tutilmagan edi.

 

Transportda belgilanmagan joylarda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish uchun jarima miqdori 1/3 EKIHgacha oshirildi (avval – 1/20 EKIH). Bunday joylar deganda poyezdlarning vagonlari (shu jumladan tamburlar), daryo kemalari, yoʻlovchi avtobuslari salonlari, taksi, shu jumladan yoʻnalishli taksi, shahar elektr transporti tushuniladi.

 

Havo kemalarida chekish uchun jarima summasi oldingidek 2 EKIH yoki 260 480 soʻmni tashkil qiladi.

 

Jamoat joylarida alkogolli mahsulotlar iste’mol qilganlik uchun endi ancha jiddiy jazo koʻzda tutiladi. Demak, MJtKning 187-moddasiga muvofiq ushbu huquqbuzarlik uchun jarima summasi endilikda ½ EKIH yoki 65 120 soʻmni tashkil qiladi (avval 1/10 dan 1/3 EKIHgacha).

 

Mazkur huquqbuzarlik takroran sodir etilganda jarima summasi 1 dan 2 EKIHgachani (avval 1/3 dan 1 EKIHgacha) yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqni tashkil qiladi. Ma’muriy undiruv qoʻllangandan keyin bir yil mobaynida sodir etilsa, u takroriy huquqbuzarlik hisoblanadi.

 

Koʻrsatilgan choralarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish MJtKning 248-moddasiga muvofiq ichki ishlar organlariga yuklatiladi.

 

“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi” AQTga ega boʻlgan holda yuqorida keltirilgan qonun hujjatlarining matnlari bilan tanishish mumkin.