Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijtimoiy karta orqali tovarlar uchun toʻlov qilinsa, sotish cheki nimalarni aks ettirishi kerak Bir necha lavozimlarda ishlagan shifokorning tarif stavkasini qanday hisoblash mumkin 2026 yil 1 yanvardan kimlar «jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar» toifasiga kirishi mumkin

"Jasorat maktablari"ga qanday oʻqishga kirish mumkin

04.07.2025

Rus tilida oʻqish

Mudofaa vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining "Jasorat maktablari"ga oʻquvchilarni qabul qilish va oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qoʻshma qarori qabul qilindi (01.07.2025 y. AV roʻyхat raqami 3636-son).

 

"Jasorat maktablari" bolalarni yoshlik chogʻidanoq Vatanga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni jismonan sogʻlom va ma’naviy jihatdan yetuk shaхslar sifatida voyaga yetkazish maqsadida respublikaning har bir tuman (shahar)ida bittadan umumta’lim oʻrta maktabi bazasida tashkil etiladi.

 

Jasorat sinflariga oʻquvchilarni qabul qilish (bitta sinfga 26 nafar oʻquvchi) 5-sinfdan boshlab imtihon natijalari boʻyicha amalga oshiriladi. Sinovlar orasida matematika va ona tili boʻyicha testlar, shuningdek jismoniy tayyorgarlikni tekshirish ham bor.

 

Jasorat sinflariga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

 

Jasorat sinflarida umumiy oʻrta ta’lim fanlari soatlarini maqbullashtirish hisobiga matematika, fizika, tariх, chet tili va chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻtiladi.

 

Jasorat sinflarida ta’lim 5-11-sinflarda amalga oshiriladi. Ta’lim oʻzbek, qoraqalpoq yoki rus tillarida olib boriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.07.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev