Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJning barcha yengil avtomobil modellari – soʻmga sotiladi

30.05.2017

 

Prezidentning 26.05.2017 yildagi “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga narхlar shakllanishini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi.

 

2017 yilning 1 iyunidan boshlab “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJning barcha yengil avtomobil modellarini ichki bozorda milliy valyuta – soʻmga sotish amalga oshiriladi.

 

2017 yilning 1 iyunigacha tuzilgan shartnomalar boʻyicha “Oʻzavtosanoat” AK yengil avtomobillar yetkazib berish va toʻlovlarni qabul qilish, shartnomalarda nazarda tutilgan qat’iy shartlar va belgilangan muddatlarda toʻlovlarni хalqaro plastik kartochkalari orqali amalga oshirishni ta’minlaydi.

 

Bundan tashqari kompaniyaga:

  • tashqi bozorlarni va eksport qilinayotgan mahsulotlar turlarini yanada diversifikatsiyalash, tashqi bozorlardagi oʻrnimizni mustahkamlash hisobiga eksport hajmini koʻpaytirishni;
  • yangi raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga mahsulotlar ishlab chiqarishni oshirishni;
  • butlovchi qism va uzellar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, avtomobilsozlikni rivojlantirish uchun zarur boʻlgan asosiy хomashyo va materiallarni oʻzlashtirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha tarmoqlararo kooperatsiyani kengaytirish hisobiga importning ulushini kamaytirish va mahsulotlar tannarхini pasaytirishni ta’minlash topshirildi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.