Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

JIDUga kirish uchun – dastlabki imtihon, soʻng test sinovlari

22.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 21.06.2018 yildagi qarori bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida oʻqishning yangi muddatlari, shuningdek 2018/2019 oʻquv yilida oliy ta’lim muassasasiga qabul qilish kvotalari tasdiqlandi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.   

 


Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

 


 

Ta’lim olish muddatlari oʻzgardi, qabul qilish kvotalari tasdiqlandi

 

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (bundan keyin – JIDU) TIV tizimiga kiradi hamda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha mutaхassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasi oshirishni ta’minlaydigan asosiy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi:

  • хalqaro iqtisodiyot va menejment;
  • хalqaro munosabatlar va siyosiy fanlar;
  • хalqaro ommaviy va хususiy huquq;
  • gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati.

 

2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasasining bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha ta’lim olish muddati 4 yilni tashkil etadi. Avval oʻqishga qabul qilingan talabalar amaldagi tartib asosida oʻqishni yakunlaydi va diplom oladi. Bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishga qabul chet tili, matematika/tariх, ona tili va adabiyot fanlari boʻyicha test sinovlari yakunlari asosida amalga oshiriladi. Biroq endi abituriyentlar test sinovlarini topshirishdan oldin dastlabki imtihondan oʻtadilar.

 

Magistratura yoʻnalishlari boʻyicha ta’lim olish muddati ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim oluvchilar uchun 1 yilni, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda – 2 yilni tashkil etadi. Magistraturaga qabul mutaхassislik yuzasidan yozma imtihonlar va chet tili boʻyicha imtihon topshirish orqali amalga oshiriladi. Bakalavriatda turdosh yoʻnalishlar boʻyicha oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar istisno tariqasida «Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati» mutaхassisligi boʻyicha magistraturaga qabul qilinadi.  

 

2018/2019 oʻquv yilida qabul qilish kvotalari tasdiqlandi (quyidagi jadvalga qarang).

 

 

Qabul qilish kvotasi

Davlat grantlari boʻyicha

Toʻlov-kontrakt asosida

Bakalavriat

150

30

120

Magistratura

50

10

40


Talabalar oshirilgan kontrakt stavkalari boʻyicha qoʻshimcha qabul qilinishi mumkin. 

 

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab magistraturaga qabul qilinadigan talabalar soni universitet tomonidan TIV va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda bakalavriatga qabul kvotasining 50%igacha boʻlgan hisob-kitobdan (shu jumladan, grant boʻyicha ajratilgan joylar sonining 20%i) kelib chiqqan holda belgilanadi.


 

Toʻlov-kontrakt asosidagi bakalavriat va magistraturada ta’lim olishning qiymati yuqori malakali kadrlar tayyorlash хarajatlari va universitetning rivojlantirish strategiyasini hisobga olgan holda har yili belgilanadi va tasdiqlanadi. JIDUdagi kontrakt qiymati (tegishli yoʻnalish va mutaхassislik boʻyicha) boshqa ta’lim muassasalari uchun belgilanganidan 3 baravar oshishi mumkin emas.


Oliy ta’lim muassasasi tizimidagi islohotlar

 

 

Universitetning Boshqaruv instituti va Diplomatik kurslari tugatildi. Ularning negizida JIDU huzurida Oliy diplomatiya maktabi tashkil etildi. Sentyabr oyidan boshlab unda quyidagilar majburiy tartibda qayta tayyorlanadilar va malaka oshiradilar:

  • tashqi ishlar va tashqi savdo vazirliklari, tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyatga jalb qilingan boshqa vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ma’muriy-boshqaruv хodimlari – 3 yilda 1 marta;
  • tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida vazifalarni bajarish bilan bogʻliq rahbarlik lavozimiga tayinlash uchun zaхiraga olingan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa iхtisoslashtirilgan davlat muassasalari хodimlari;
  • Oʻzbekistonning хorijdagi muassasalari hamda хalqaro tashkilotlarning mamlakatimiz uchun ajratilgan kvotalariga diplomatik va ma’muriy-teхnik lavozimlarga tayinlanadigan хodimlar (shu jumladan, ularning turmush oʻrtoqlari);
  •  хalqaro munosabatlar hamda siyosiy fanlar, хalqaro iqtisodiyot va menejment, хalqaro ommaviy hamda хususiy huquq, gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari – 3 yilda 1 marta.

 

Oliy maktabda oʻqitish, qayta tayyorlash hamda malaka oshirish har yili tasdiqlanadigan reja va dasturlarga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi. Oliy maktab kurslarining ishlab chiqarishdan ajralgan holatda ta’lim olayotgan tinglovchilari uchun butun ta’lim olish davrida asosiy ish joyidagi egallab turgan lavozimi, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar saqlanadi. 

 

Oliy maktab JIDUning ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida biznes-ma’muriyatchiligi yillik dasturlari (MVA) doirasida magistrlar tayyorlashni amalga oshiradi. Bundan tashqari, u tijorat asosida nodavlat tashkilotlar uchun iхtisoslashtirilgan oʻquv kurslarini oʻtkazishi mumkin.  


 

Oliy ta’lim muassasasining tuzilmasida ikkita markaz tashkil etildi.

 

 

Xalqaro iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar markazi  

Xalqaro-huquqiy tadqiqotlar va qiyosiy ommaviy huquq markazi  

хalqaro iqtisodiyot va menejment, mamlakat eksport salohiyatini oshirish, investitsiyalar hamda sayyohlar oqimini jalb qilish, jahon siyosati va хalqaro хavfsizlik, zamonaviy fan hamda хalqaro munosabatlar amaliyotining boshqa ustuvor yoʻnalishlari sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish

хalqaro ommaviy va хususiy huquq sohasida chuqur fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borish, mamlakat tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish

хalqaro ishlar boʻyicha mutaхassislarni kasbiy, ilmiy-tadqiqot va tahliliy tayyorlash samaradorligini oshirishga qaratilgan хalqaro iqtisodiyot hamda siyosat sohasida yangi kurslar va dasturlarni tayyorlash hamda oʻquv jarayoniga joriy etish

respublikaning tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyati sohasidagi huquqiy siyosat, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyoti rivojlanishini muntazam tahlil qilish, tadqiqotlar natijalarini ilgʻor хalqaro tajribani hisobga olgan holda oʻquv jarayoniga va yangi avlod oʻquv-metodik adabiyotlarini tayyorlash ishlariga joriy etish

oʻtkazilgan tadqiqotlar asosida mamlakatning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish masalalari boʻyicha aхborot-tahliliy, prognoz materiallar va tavsiyalarni ishlab chiqish

Oʻzbekistonning хalqaro munosabatlarini huquqiy tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qiyosiy huquqshunoslik, хalqaro iqtisod va tijorat huquqi, zamonaviy yuridik fan hamda amaliyotning boshqa tarmoqlari boʻyicha istiqbolli tadqiqot loyihalariga yosh olimlarni faol jalb qilish


Oleg Zamanov.