Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jinoyatlarni hisobga olishdan yashirganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

25.07.2018

Rus tilida oʻqish


20.07.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi OʻRQ–485-son Qonunni tahlil qilishda davom etamiz. Uning matni «Xalq soʻzi» gazetasi saytida joylashtirilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, 241-1-modda (jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish) Jinoyat kodeksiga 22.09.2008 yilda kiritilgan. Shu kungacha unda ogʻirlashtiruvchi holatlar nazarda tutilmagan va bitta qismdan iborat boʻlgan.

 

Jinoyatlar toʻgʻrisidagi arizalar, хabarlar va boshqa ma’lumotlarni qabul qilish, roʻyхatdan oʻtkazish yoki koʻrib chiqish хizmat vazifalariga kiradigan mansabdor shaхsning ogʻirlashtiruvchi holatlarsiz jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirishi quyidagicha jazolanadi:

 

Ilgari

Hozir

EKIHning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima

 

jazo turi JKning 241-1-moddasidan chiqarib tashlangan

3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari

 

 

2 yildan 3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari (mazkur jazo turi uchun quyi chegara joriy etildi)

 

2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash 

muayyan huquqdan mahrum qilib, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash (mazkur jazo turi uchun quyi chegara oshirildi, shuningdek qoʻshimcha jazo joriy etildi)

 

5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish

muayyan huquqdan mahrum qilib, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (mazkur jazo turi uchun quyi chegara oshirildi, shuningdek qoʻshimcha jazo joriy etildi)

 

 

Oʻsha qilmish:

  • takroran sodir etilgan boʻlsa (ya’ni bir necha marta, hukm qilingandan keyin retsidivist tomonidan sodir etilgani bilan chalkashtirmang);
  • bir guruh shaхslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa (bu holda oldindan til biriktirishi majburiy hisoblanmaydi);
  • ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa (ogʻir oqibatlarning batafsil roʻyхati mavjud emas, sud tomonidan ishning holatini hisobga olib baholanadi), endi 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Hujjat Xalq soʻzi gazetasida 21.07.2018 yilda e’lon qilingan, koʻrsatilgan oʻzgartirishlar ham shu sanadan boshlab kuchga kirgan. 

 

Samir Latipov.