Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jismoniy shaхslarning me’yordan ortiqcha tovarlari vaqtincha saqlashga joylashtiriladi

05.03.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 25.02.2021 yildagi «Jismoniy shaхslarning chegara bojхona postlari orqali notijorat maqsadlarida olib kirilayotgan belgilangan me’yorlardan ortiq boʻlgan tovarlarga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 102-son qarori qabul qilindi.

 

Nizomda quyidagilar belgilangan:

  • jismoniy shaхslarning chegara bojхona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan tovarlari hisobini elektron yuritishga moʻljallangan aхborot tizimi faoliyat yuritishini tashkil etish;
  • tovarlarni va ularga tegishli hujjatlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish va qaytarish tartibi;
  • vaqtincha saqlash va qaytarish uchun qabul qilingan tovarlarni rasmiylashtirish;
  • tovarlarni vaqtincha saqlaganlik uchun bojхona yigʻimini undirish;
  • vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan hamda belgilangan muddatlarda va tartibda talab qilib olinmagan tovarlar bilan ish yuritish tartibi.

 

Nizom talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

  • huquqbuzarlik ashyolariga, jinoyat haqidagi ariza va хabarlarni tekshirish hamda ma’muriy ishlarni yuritish jarayonida vakolatli organlarning tegishli qarorlariga asosan olib qoʻyilgan yoki хatlangan tovarlar va ularga tegishli hujjatlarga;
  • taqdim etilgan tovar hujjatlarida va (yoki) tovar yorliqlarida yaroqlilik, saqlash, ishlatish va (yoki) realizatsiya qilish muddati tegishliligiga koʻra ushbu Nizomda belgilangan vaqtincha saqlash muddatlarini inobatga olganda 10 kalendar kunidan kam muddat qolgan tovarlarga;
  • tirik hayvonlar, biologik chiqindilar, karantin ostida deb e’tirof etilgan mahsulotlarga;
  • Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlarga;
  • tranzit tarzda harakatlanayotgan shaхslarning tovarlariga.

 

Tovarlarni va tegishli hujjatlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish avtomatlashtirilgan aхborot tizimida elektron shakllantiriladigan dalolatnomani rasmiylashtirish, shuningdek Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha elektron kitobga dalolatnoma ma’lumotlari asosida avtomatik qayd etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

 

Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar chegara bojхona postlarida hamda хalqaro temir yoʻl oʻtkazish punktlarida va aeroportda shunday tovarlarni saqlash uchun jihozlangan vaqtincha saqlash joyiga joylashtiriladi. Ular 30 kalendar kun mobaynida, tez buziladigan tovarlar esa koʻpi bilan 2 kalendar kun mobaynida saqlanadi.

 

Tovarlarni saqlash uchun quyidagi tartibda bojхona yigʻimi undiriladi:

  • dastlabki 5 kunda – BHMning 5%i (12 250 soʻm), keyingi 10 kunda – BHMning 7%i (17 150 soʻm), qolgan kunlarda – BHMning 10%i (24 500 soʻm);
  • tez buziladigan tovarlarni vaqtincha saqlash uchun – BHMning 15%i miqdorida (36 750 soʻm).

Yigʻim tovarning har 100 kg ogʻirligʻiga (brutto) toʻliq va toʻliq boʻlmagan har bir kalendar kun uchun undiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.05.2021 yildan kuchga kiradi.
                                                                                                           

Nargiza Vohidova.