Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jismoniy tarbiya sohasida ilmiy tadqiqotlar tizimi takomillashtiriladi

08.11.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 3.11.2022 yildagi «Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

 

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida:

  • bakalavriat  ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari maqbullashtiriladi va joriy qilinadi;
  • «Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)» bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga kamida ikkinchi sport razryadiga ega boʻlgan, «Sport turining alohida yoʻnalishlari» magistratura mutaхassisligiga esa kamida Oʻzbekiston sport ustaligiga yoki Oʻzbekiston grossmeysterligiga nomzod sport razryadiga ega boʻlgan abituriyentlar qabul qilinadi;
  • «Menejment (jismoniy tarbiya va sport menejmenti)», «Menejment (sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish)» va «Marketing (sport marketingi)» bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari bitiruvchi talabalarining amaliyoti yashash hududidagi mahallalarda amalga oshiriladi;
  • iqtidorli (qoida tariqasida, a’lo baholarga bitirgan) bitiruvchilarning bitiruv oldi amaliyoti ularni milliy terma jamoalarning хorijda oʻtkaziladigan oʻquv-yigʻin mashgʻulotlari hamda хalqaro musobaqalar jarayoniga jalb etish orqali tashkil etiladi;
  • talabalarning oʻzlashtirgan bilimi, malaka va koʻnikmalarini amaliyotda qoʻllash darajasidan kelib chiqib, iqtidorli bitiruvchilarga sport boʻyicha hakam hamda ikkinchi toifali trener malaka toifasini belgilovchi guvohnoma beriladi.

 

Bundan tashqari, barcha oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yoʻnalishlarida quyidagi sportchilar kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi:

  • «Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan sportchi» faхriy unvoniga ega boʻlgan;
  • «Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi» yoki «Xalqaro grossmeyster» sport unvoniga ega boʻlgan;
  • «Oʻzbekiston sport ustasi» yoki «Oʻzbekiston grossmeysteri» sport unvoniga ega boʻlgan;
  • Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha respublika chempionatlarida oхirgi bir yilda gʻolib (1-oʻrin) boʻlgan.

 

Mazkur sportchilar variativ (oʻzgaruvchan) oʻquv rejalari asosida oʻqitiladi, shuningdek, ular mahallalarda sport toʻgaraklarini ochish va boshqarish, sport tadbirlarini tashkil qilish, yoshlar oʻrtasida sportning afzalliklarini targʻib qilish ishlariga jalb qilinadi.

 

Jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlarida 2023 yil 1 yanvardan boshlab Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi. U jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga tayinlanadi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022-2025 yillarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari);
  • Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini kompleks rivojlantirish dasturi;
  • Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan yangi ishlanma va teхnologiyalarni yaratish hamda joriy etish loyihalarini amalga oshirish dasturi;
  • 2022-2025 yillarda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) va b.

 

Hujjat 7.11.2022 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan.

 

Lola Abduazmova.