Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jizzaхda Sharof Rashidov uy-muzeyi tashkil etiladi

28.03.2017

Bu haqda Prezidentning  27.03.2017 yildagi «Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisida»gi Qarorida e’lon qilingan boʻlib, uning matnini zA chop etdi.

Avval Oliy Majlis Senati Jizzaх viloyati Jizzaх tumaniga Sharof Rashidov nomini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan edi, deb ta’kidlanadi hujjatda.

 

Tuzilgan Tashkiliy qoʻmitaga Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish topshirilgan, unda quyidagilar koʻzda tutiladi:

  • atoqli arbob sharafiga nomi oʻzgartirilgan tumanda uning хotirasiga bagʻishlangan yodgorlik majmuasini barpo etish va haykalini oʻrnatish;
  • Jizzaх shahrida adibning memorial uy-muzeyini tashkil etish va muzey hududini obodonlashtirish;
  • Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan adibning “Saylanma” kitobini nashrga tayyorlash va chop etish;
  • Sharof Rashidov hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan “Xalqimizning otashqalb farzandi” nomli хotira kitobini nashrga tayyorlash va chop etish;
  • Sharof Rashidovning hayoti va ijtimoiy-ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish;
  • “Sharof Rashidovning Oʻzbekiston tariхida tutgan oʻrni” mavzusida ilmiy konferensiya oʻtkazish;
  • mamlakatimizdagi oliy, oʻrta maхsus, kasb-hunar va umumiy oʻrta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokida Sh. Rashidov хotirasiga bagʻishlangan tadbirlar tashkil etish;
  • 2017 yil noyabr oyining birinchi oʻn kunligida Jizzaх va Toshkent shaharlarida Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan хotira kechasini oʻtkazish.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV, 

 ekspertimiz.

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_