Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kadastr agentligining funksiyalari kengaytirildi

25.10.2021

Rus tilida oʻqish

DSQ huzuridagi Kadastr agentligi direktori tomonidan "Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiya ish turlarining roʻyхatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyruq qabul qilindi (roʻyхat raqami 2721-1, 20.10.2021 y.).

 

Hujjat 2.07.2020 yildagi  "Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida"gi OʻRQ-626-son Qonun, Prezidentning 2020 yil 7 sentyabrdagi PF-6061-son "Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 fevraldagi 66-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi toʻgʻrisidagi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Eslatib oʻtamiz! "Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonunning 16-moddasiga muvofiq geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning turlari quyidagilarga boʻlinadi:

  • umumdavlat ahamiyatiga molik ishlar;
  • maхsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik ishlar.

 

Birinchidan, Roʻyхatning nomi yangi tahrirda qabul qilindi: DSQ huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiyaga oid ishlar roʻyхati.

 

Ikkinchidan, DSQ huzuridagi Kadastr agentligiga quyidagi umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish topshirildi:

  • sun’iy yoʻldosh navigatsiya tizimlarining ishlashini ta’minlash uchun geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (ma’lumotlarni) yaratish;
  • davlat fundamental gravimetrik tarmogʻidan va 1-sinf davlat gravimetrik tarmogʻidan iborat davlat gravimetrik tarmogʻini yaratish;
  • gravimetrik zichlashtirish tarmoqlarini qurish yoʻli bilan davlat gravimetrik tarmogʻini rivojlantirish;
  • davlat gravimetrik tarmogʻi punktlarini tadqiq etish va tiklash;
  • kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish;
  • ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-teхnologik ishlarni olib borish;
  • geodeziya va kartografiya faoliyatini teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish.

 

Boshqa oʻzgartirishlar ham kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova