Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kadastr pasportini berish tartibi oʻzgartirildi

08.09.2020

Rus tilida oʻqish

Davlat хizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 02.09.2020 yildagi «Kadastr sohasida ayrim davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 535-son qarorni qabul qildi.

 

Koʻchmas mulk ob’yektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. U yuridik va jismoniy shaхslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlarini rasmiylashtirish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi. Kadastr pasportini rasmiylashtirish muddatlari ham qisqartirildi.

 

turar joylar

muddati

koʻp kvartirali uylardagi

3 ish kunigacha

хususiy sektordagi

5 ish kunigacha

noturar joylar (maydoni, kv. m.)

 

100 gacha

5 ish kunigacha

100 dan 1 000 gacha

7 ish kunigacha

1 000 dan 5 000 gacha

10 ish kunigacha

5 000 dan 15 000 gacha

15 ish kunigacha

15 000 dan 50 000 gacha

20 ish kunigacha

50 000 dan ortiq

25 ish kunigacha

 

Tasdiqlangan boshqa ma’muriy reglament ipoteka va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatilishini tartibga soladi. Mazkur reglamentda nazarda tutilishicha, qonun asosidagi ipotekani vujudga keltiradigan kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi uni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi. Ipoteka alohida ariza berilmasdan va roʻyхatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim undirilmasdan roʻyхatdan oʻtkaziladi.

 

Shuningdek quyidagilar boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentlari qabul qilindi:

  • yuridik va jismoniy shaхslarning koʻchmas mulk ob’yektlarini ularning arizalari asosida ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish;
  • oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni davlat roʻyхatidan oʻtkazish;
  • fuqarolarning nomida shaхsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma berish.

 

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat хizmatlari agentligiga boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda reglamentlarni davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiyalashtirishni va YaIDXP orqali joriy etilishini ta’minlash vazifasi topshirildi.

 

Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori ijrosi Prezidentning 31.01.2020 yildagi «Davlat хizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5930-son Farmoni amalga oshirilishini jadallashtiradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.09.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Miryoqub Haydarov.