Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilari uchun nimalar oʻzgaradi Yer soligʻi boʻyicha «proaktiv» hisobotlarga qanday oʻzgartirishlar kiritiladi Aksiz soligʻi qanday toʻlanadi va hisobot qanday taqdim etiladi - Buxgalter Pro Aksiz soligʻi qanday toʻlanadi va hisobot qanday taqdim etiladi - Buxgalter Pro

Kam litrajli avtomobillar uchun bojхona bojlari kamaytirildi

19.06.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 16.06.2023 yildagi “Aholining yengil avtotransport vositalariga boʻlgan ehtiyojini qondirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-193-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan, 2026 yil 1 yanvarga qadar, Oʻzbekistonning bojхona chegarasini kesib oʻtish vaqtida ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan yangi yengil avtotransport vositalarini (TIF TN kodlari 8703 21 10, 8703 22 10 va 8703 31 10) olib kirishda bojхona bojlarining quyidagi stavkalari qoʻllaniladi:

  • dvigatel silindrlarining ish hajmi 1 000 sm kubdan oshmaydigan yangi yengil avtotransport vositalari uchun – nol stavkasi (amaldagi stavka – 15% + $0,4 / sm kub);
  • dvigatel’ silindrlarining ish hajmi 1 200 sm kubdan oshmaydigan yangi yengil avtotransport vositalari uchun – 5 foizli stavkasi (amaldagi stavka – 15% + $0,6 /sm kub).

 

Tegishincha, dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha boʻlgan avtomobillar uchun bojхona bojlarining umumiy summasi hozirgi 39-43%dan 19-23%gacha kamaytiriladi, dvigatel hajmi 1 000-1 200 sm kub boʻlgan avtomobillar uchun esa – 44-52%dan 30-36%gacha kamaytiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.