Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kam ta’minlangan oilalar farzandlariga moddiy yordam koʻrsatiladi

02.08.2021

Rus tilida oʻqish

Bu Prezidentning 30.07.2021 yildagi “Kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5204-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Hujjatga asosan 2021 yil avgustda 500 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi:

  • boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 18 yoshga toʻlmagan farzandlariga;
  • nogironligi boʻlgan 18 yoshga toʻlmagan bolalarga.

 

Pul mablagʻlari tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari orqali joriy yil 25 avgustga qadar yetkaziladi.

 

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari rahbarlari "Temir daftar"ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari sonidan kelib chiqib, toʻlov vedomostlari shakllantirilishi hamda ularga pul mablagʻlarining manzilli yetkazilishini ta’minlash va nazorat qilish boʻyicha shaхsan mas’ul etib belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.