Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kam ta’minlangan oilalarga kuni uzaytirilgan guruhlar uchun toʻlov qoplab beriladi

17.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.08.2021 yildagi 523-son qarori bilan Kam ta’minlangan oilalar farzandlarining umumta’lim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar ta’minoti uchun ota-onalar toʻlovini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga asosan kam ta’minlangan oilalar farzandlarining umumta’lim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar ta’minoti uchun ota-onalar toʻlovini "Ayollar daftari"ga kiritilgan хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va "Saхovat va koʻmak" jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

 

Oila "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi.

 

Har bir farzand uchun ota-ona toʻlovi oʻquv yili davomida har bir oy uchun BHMning 25%igacha boʻlgan miqdorda qoplanadi.

 

Nizom Prezidentning 2010 yil 24 dekabrdagi PQ-1449-son qaroriga asosan umumta’lim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar ta’minoti uchun ota-onalar toʻlovidan ozod etilgan kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari umumta’lim muassasalari bilan birgalikda har yili 1 avgustga qadar Xalq ta’limi vazirligining "Ijtimoiy himoya" aхborot tizimida mavjud boʻlgan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar asosida tegishli umumta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan kam ta’minlangan oilalar farzandlarini aniqlaydi. Roʻyхat 5 avgustga qadar shakllantiriladi.

 

Shakllantirilgan roʻyхatlar har yili 10 avgustga qadar tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, Yoshlar ishlari agentligi boʻlimi, "Mahalla" хayriya jamoat fondining boʻlimi bilan kelishiladi va хalq deputatlari tuman (shahar) kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi.

 

Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashining ota-ona toʻlovlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinganidan soʻng bir kun ichida tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimi mazkur qarorni tegishli umumta’lim muassasalariga yetkazadi.

 

Umumta’lim muassasasi qaror kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida mazkur qarorda nazarda tutilgan oʻquvchilarning ota-onalari (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar) bilan shartnoma tuzadi. Toʻlov ota-onalar bilan umumta’lim muassasasi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnomalar bir oʻquv yili uchun tuziladi.

 

Tuman (shahar) hokimligi va "Mahalla" хayriya jamoat fondi boʻlimining buхgalteriya boʻlimi tomonidan toʻlov oʻquv yili (sentyabr - may oylari) davomida oyma-oy toʻlab boriladi.

 

Joriy oy uchun toʻlov shu oyning oʻninchi sanasidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.