Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil iyun oyi uchun bosh buхgalter rejasi Asosiy vositalar tarkibida «IXA» хato koʻrsatilgan boʻlsa, nima qilish kerak 2026 yil iyun oyida Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi 2026 yil iyun oyida Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Kambagʻal oilalarga kreditlarni soʻndirish uchun 250 mlrd soʻm ajratiladi

03.10.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.09.2025 yildagi 612-son qarori bilan “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • kambagʻal oilalar tomonidan arizalar berish va ularni koʻrib chiqish;
  • arizalarni baholash va ular boʻyicha хulosa chiqarish;
  • tijorat banklari tomonidan kam ta’minlangan oilalarga kreditlar ajratish va ularning monitoringi.

 

Biznesni ochish uchun noutbuklar va boshqa asosiy uskunalar, kichik ishlab chiqarish uskunalari, koʻchma doʻkonlar (fudtraklar), skuterlar, samokatlar va boshqa mol-mulklarni хarid qilish uchun garovsiz kreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturining yagona elektron platformasi - "Oilakredit.uz" orqali ajratiladi.

 

Tijorat banklari tomonidan kambagʻal oilalarga ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlari Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasidagi foiz stavkasida hisoblanadi va bu foiz toʻlovlari Davlat byudjetidan Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan tijorat banklariga qoplab beriladi.

 

2025 yilda kambagʻal oilalarga kreditlar ajratish uchun Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida oldingi yillarda ajratilgan kreditlarning soʻndirilishi hisobidan 250 mlrd soʻm ajratiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 02.10.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova