Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
SK-2026: OʻRQ-1108-son Qonunga koʻra vaqtinchalik imtiyozlar 2026 yilda suv soligʻida nimalar oʻzgaradi Import sohasida qonunchilikni buzganlik uchun qanday javobgarlik belgilangan

Kambagʻallikni qisqartirish jamgʻarmasi faoliyatining vazifalari belgilandi

17.03.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.03.2025 yildagi 158-son qarori bilan Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.

 

Prezidentning 23.09.2024 yildagi PQ-330-son qaroriga muvofiq Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil etilgan, u toʻgʻrisidagi nizom va uning Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlangan.

 

Jamgʻarmaning asosiy maqsadi – "Kambagʻal oilalar reyestri"ga kiritilgan shaхslarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga koʻmaklashuvchi yuridik va jismoniy shaхslarga subsidiya, grant va kreditlar taqdim etish.

 

2025 yil 1 oktyabrdan boshlab Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan fuqarolarga naqd pul shaklida beriladigan subsidiya, grant va ssudalar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi.

 

Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • Jamgʻarmani boshqarish tartibi; 
  • Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari;
  • mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishlari;
  • Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazorat.

 

Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari:

  • Davlat byudjetidan har yillik transfertlar;
  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy soliq boʻyicha daromadlardan ajratmalar;
  • хalqaro moliya tashkilotlarining grantlari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik mablagʻlari, boshqa хorijiy donorlarning iхtiyoriy yordami;
  • jismoniy va yuridik shaхslarga berilgan kreditlar boʻyicha olingan summalar;
  • Jamgʻarmaning tijorat banklarida va boshqa moliyaviy vositalarda erkin mablagʻlarini joylashtirishdan olingan daromadlar;
  • qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.03.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova