Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kameral soliq tekshiruvi davrida soliqchilar ba’zi huquqlardan mahrum boʻlganidan quvonishga hali erta

25.03.2024

Rus tilida oʻqish

Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Soliq kodeksiga muvofiqlashtirildi (13.03.2024 y. 132-son VMQ). Bu amaliyotda nimalarga sabab boʻlishini eslatib oʻtamiz.

 

Kameral soliq tekshiruvlari tartibi qanday oʻzgardi

 

 

Endilikda  Nizomning 23-bandi kameral soliq tekshiruvi soliq organi joylashgan joyda oʻtkazilishini belgilaydi.

 

Nizomning yangilangan 19-bandiga muvofiq kameral soliq tekshiruvi oʻtkazayotganda soliqchilar quyidagi vakolatlardan mahrum qilindi: 

  • soliq toʻlovchining hududi va binolarini koʻzdan kechirish;
  • soliq toʻlovchini kameral soliq tekshiruvi doirasida tushuntirishlar berish uchun soliq idorasiga chaqirish;
  • soliq toʻlovchidan hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilish hamda, agar tekshirilayotgan shaхs ularni taqdim etmagan boʻlsa, soliq toʻlovchining schyotlari boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib turish (30 va 31, 33 va 34-bandlar kuchini yoʻqotdi).

 

Soliqchilar Soliq kodeksining 147-moddasida belgilangan tartibda uchinchi shaхslardan hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilishlari mumkin.

 

Davomini buxgalter.uzda oʻqing.