Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Kamolot» YoIH oʻqish uchun toʻlovlarni yangi qoidalar boʻyicha amalga oshiradi

23.11.2016

Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining qarori (roʻyхat raqami 2838, 2016 yil 15 noyabr) bilan yangi Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtagan va oliy ta’lim muassasalariga toʻlov-kontrakt shakli asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam koʻrsatish qoidalari tasdiqlandi.

Ilgari amalda boʻlgan Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtagan va toʻlov-kontrakt shakli boʻyicha oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan fuqarolar orasidagi talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash qoidalari (roʻyхat raqami 1622, 2006 yil 14 sentyabr) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi.

 

Eslatib oʻtamiz, ilgarigidek, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati (keyingi oʻrinlarda – “Kamolot” YoIH) har yili harbiy qismlar qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan bakalavriat talabalariga toʻlov-kontrakt shakli asosida oʻqish uchun shartnoma summasining 35 foizini toʻlash orqali moddiy yordam koʻrsatadi.

 

Yangi Qoidalarda belgilanishicha, oliy ta’lim muassasasi (keyingi oʻrinlarda – OTM) har yili 1 fevraldan kechikmay “Kamolot” YoIHning OTMdagi boshlangʻich tashkiloti Kengashiga (keyingi oʻrinlarda – Kengash) harbiy qismlar qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan va toʻlov-kontrakt shakli asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarning roʻyхatini, shuningdek ularning oʻzlashtirishi va intizomi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi. Ilgari koʻrsatilgan muddatgacha Kengash va OTM birgalikda shunday talabalar roʻyхatini tuzardi, ularning oʻzlashtirishi va intizomi, “Kamolot” YoIH faoliyatidagi ishtiroki toʻgʻrisida, zarur boʻlganda ularning oilaviy va moddiy ahvoli haqida ma’lumotlar toʻplardi.

 

Endilikda talabalar 20 fevraldan kechikmay Kengashga “Kamolot” YoIH tomonidan moddiy yordam koʻrsatilishi toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladi. Shundan soʻng 1 martdan 5 martgacha Kengash talabalarning arizalarini koʻrib chiqadi va Qoidalarda keltirilgan koʻrsatkichlar asosida moddiy yordam koʻrsatish uchun tavsiya etish boʻyicha qaror qabul qiladi. Ilgari moddiy yordam koʻrsatish masalasi koʻrsatilgan muddatgacha talabalar guruhining yigʻilishida muhokama etilib, bayonnoma bilan rasmiylashtirilar edi. Soʻngra Kengash 1 martdan kechikmay ushbu bayonnoma asosida tegishli qaror qabul qilardi.

 

Yangi Qoidalarga koʻra, moddiy yordamga tavsiya etishda quyidagi asosiy koʻrsatkichlar inobatga olinadi:

 

talabaning “Kamolot” YoIH faoliyatidagi faol ishtiroki;

 

talabaning OTM ichki tartib-qoidalariga rioya etishi (bunda ularga rioya etilmaganligi holati faqatgina OTM rektori tomonidan e’lon qilingan hayfsan bilan aniqlanadi);

 

talabaning oʻrtacha reytingi 71 va undan yuqori foiz boʻlishi.

 

Ilgari quyidagi koʻrsatkichlar hisobga olinardi:

 

OTM ichki tartib-qoidalariga rioya etish;

 

bir semestr davomida uzrli sabablarsiz qoldirilgan mashgʻulotlar 30 soatdan oshmasligi;

 

oʻrtacha reyting 71 foizdan yuqori boʻlishi;

 

“Kamolot” YoIH faoliyatida faol ishtirok etish.

 

Ilgari shuningdek qoʻshimcha ravishda talabaning oilaviy va moddiy ahvoli hisobga olinishi nazarda tutilgandi. 

 

Endilikda “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi Kengashlarning qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani hujjatlar qabul qilingandan keyin 15 ish kunidan (ilgari – 15 martdan) kechiktirmay koʻrib chiqadi.

 

Aniqlashtirilishicha, talabalar safidan chiqarilgan yoki akademik ta’tilga chiqqan talaba Oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 2431, 2013 yil 26 fevral) koʻra kontrakt summasini qaytarib olish huquqiga ega boʻlgan hollarda moddiy yordam summasi “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashiga qaytariladi.

 

Yuqorida koʻrsatilgan Nizomga muvofiq talaba kontrakt summasini qaytarib olish huquqiga ega boʻlmagan hollarda esa “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi toʻlangan moddiy yordam summasini talabadan undiradi.

 

Talaba moddiy yordam olish huquqidan voz kechsa, OTM talaba uchun toʻlangan mablagʻni “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashiga 10 kun ichida qaytaradi.

 

Belgilanishicha, talaba talabalar safidan chiqarilganda, akademik ta’tilga chiqqanda, moddiy yordam olish huquqidan voz kechganda Kengash bu haqda “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashiga 10 kun ichida хabar beradi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2016 yil 21 noyabrda kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.