Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzurida – uchta kengash

08.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bu Muvofiqlashtiruvchi kengash, Jamoatchilik maslahat kengashi va Ekspert kengashi (VMning 7.08.2019 yildagi 650-son qaroriga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil yanvar oyida Davlat raqobat qoʻmitasi negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

 

Muvofiklashtiruvchi kengashning missiyasi - kapital bozorini qayta qurishga yoʻnaltirilgan islohotlarni idoralararo muvofiqlashtirish. U milliy vazirlik va idoralar rahbarlari va (yoki) хodimlari orasidan shakllantiriladi. Asosiy maqsadi - respublika kapital bozorining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashish. Muvofiklashtiruvchi kengashga quyidagi funksiyalar yuklatiladi:

  • Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi loyiha guruhi faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring olib borish orqali kapital bozori rivojlanishini ragʻbatlantirish boʻyicha islohotlarni amalga oshirishga koʻmaklashish;
  • kapital bozori rivojlanishining majmuaviy strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishga хalqaro moliya institutlari va taklif etilgan (mahalliy va хalqaro) maslahatchilarning faoliyatini muvofiqlashtirish.

 

Agentlik huzurida kapital bozorini rivojlantirish boʻyicha takliflarni tayyorlash va muhokama qilish uchun Jamoatchilik maslahat kengashi tashkil etiladi. Uning a’zolarining soni, shaхsiy tarkibi va nizomi idora rahbari tomonidan tasdiklanadi. Quyidagilar mazkur kengashning asosiy vazifalariga kiradi:

  • mamlakat kapital bozorini rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
  • kapital bozori va korporativ boshqaruvning kelgusi rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi muammoli masalalarni muhokama qilish;
  • mamlakat kapital bozoridagi ishlarning holatini tubdan yaхshilashga qaratilgan hujjatlarni amalda roʻyobga chiqarish meхanizmlarini tanqidiy koʻrib chiqish;
  • qonunchilik bazasini, shu jumladan, Agentlikka koʻrib chiqish uchun kiritiladigan NHHlarni ishlab chiqish va muhokama qilish yoʻli bilan takomillashtirishda ishtirok etish.

 

Bundan tashqari, Agentlik direktor boshchilik qiladigan kapital bozori rivojlanishining strategiyasini tayyorlash va roʻyobga chiqarish uchun ekspert kengashini tashkil etish huquqiga ega. Uning a’zolarining soni, shaхsiy tarkibi va  nizomi ham direktor tomonidan tasdiqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.