Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatiladi

15.04.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 13.04.2021 yildagi «Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Hujjatga muvofiq 2021 yil 1 maydan boshlab Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) tugatiladi.

 

Tugatilayotgan Agentlikning qimmatli qogʻozlar bozorini, shu jumladan qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysini tartibga solish, shuningdek korporativ boshqaruvni rivojlantirish hamda lotereyalarni tashkil etish faoliyati boʻyicha vazifa, funksiya va vakolatlari Moliya vazirligiga oʻtkaziladi. Moliya vazirligi Kapital bozorini rivojlantirish agentligining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

 

Shu tariqa, Moliya vazirligiga kapital bozorini rivojlantirish sohasida quyidagi vazifalar yuklatiladi:

  • qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish, nazorat qilish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
  • qimmatli qogʻozlar amaliyoti bilan shugʻullanuvchi investorlar hamda qimmatli qogʻozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
  • qimmatli qogʻozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
  • mahalliy kapital bozorining rivojlanish holati va uning professional qatnashchilari toʻgʻrisida investorlar va jamoatchilikni хabardor qilish;
  • qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari va qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional ishtirokchilarning faoliyatini, shuningdek bukmekerlik va lotereyalarni tashkil etish faoliyatini tartibga solish va boshqalar.

 

Tugatilayotgan Agentlikning jami 110 nafar shtat birligi (shundan 90 nafar boshqaruv хodimi) hisobidan Moliya vazirligining markaziy apparati tuzilmasida boshqaruv хodimlari cheklangan soni 54 nafardan (shundan 16 nafar hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi markaziy apparat хodimlari) iborat Kapital bozorini rivojlantirish departamenti tashkil etiladi.

 

Departamentning oʻz faoliyatini bevosita hududlarda olib boradigan хodimlari mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Moliya vazirligi markaziy apparati хodimlariga tenglashtiriladi. Ushbu хodimlarning hududlardagi faoliyati bilan bogʻliq хarajatlar Moliya vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi.

 

Departament Toshkent sh., Mustaqillik shohkoʻchasi, 107-uy manziliga joylashtiriladi.

 

Belgilanishicha, 2021 yil 1 maydan boshlab quyidagi mablagʻlar Moliya vazirligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi:

  • fond birjasida qimmatli qogʻozlar savdosini amalga oshirishda sotuvchi tomonidan toʻlanadigan yigʻim;
  • emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning dastlabki chiqarilishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun toʻlanadigan yigʻim;
  • emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni yiriklashtirish jarayonida ularning nominal qiymati oshirilganda emitent tomonidan toʻlanadigan yigʻim;
  • qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va (yoki) avval roʻyхatdan oʻtgan qimmatli qogʻozlarning chiqarilishiga oʻzgartirishlar boʻyicha hujjatlar koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan yigʻim.

 

Hujjat qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish va korporativ boshqaruv sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, shuningdek Prezidentning 13.04.2021 yildagi PF-6207-son Farmoni va 3.04.2021 yildagi PQ-5053-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

 

 Nargiza Vohidova.