Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Karantin: harakatlanishga cheklov buzilganda avtomobil ushlab turiladi

29.10.2020

Rus tilida oʻqish

 

Tegishli tuzatishlar MJTKga kiritildi (26.10.2020 yildagi OʻRQ-643-son Qonunga qarang).

 

Epidemiyaga qarshi kurashish qoidalarini buzish (MJTK 54-m.) holatlarini koʻrib chiqish vakolati ichki ishlar organlariga oʻtkazildi. Quyidagilar ushbu toifadagi ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jazoni qoʻllashga haqlidir:

  • metropolitenni qoʻriqlash boʻyicha IIB boshligʻi yoki boshliq oʻrinbosarlari;
  • temir yoʻl vokzallari va aeroportlardagi boʻlinmalarning boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari;
  • IIB tayanch punktlarining profilaktika boʻyicha katta inspektorlari va inspektorlari;
  • YHXB (YHXBB) boshligʻi, uning oʻrinbosarlari, YPXni tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda ma’muriy amaliyot boʻlimi boshligʻi, oʻta muhim ishlar boʻyicha (ma’muriy amaliyot boʻyicha) bosh inspektor, inspektor, ma’muriy amaliyot boʻlinmasi (boʻlimi) boshligʻi, ma’muriy huquqbuzarliklarga oid materiallarni koʻrib chiqish boʻyicha bosh inspektor, katta inspektor (inspektor), yoʻl harakati хavfsizligi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻi, DYHXX katta inspektori va ma’muriy amaliyot boʻyicha yoʻl harakati хavfsizligi guruhi inspektori, mavjud boʻlmaganda – ichki ishlar boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari *;
  • YHQ va yoʻl harakati хavfsizligi toʻgʻrisidagi boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishini nazorat qiluvchi brigadalar (batalon, diviziya, otryad, mobil guruh) komandirlari yoki komandir oʻrinbosarlari, YPX katta inspektori (inspektori) va boshqa хodimlar*.

 

Bu – muhim! Mazkur holatlarda ishlar koʻrib chiqilishi va jarimalar undirilishi uchun majburiy shart tegishli hududlarda yoki ob’yektlarda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etilishi hisoblanadi.

 

Karantin paytida haydovchi tomonidan transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilgan taqdirda, avtomobil ichki ishlar organlari хodimlari tomonidan MJTKning 54-moddasi 2-qismi boʻyicha ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilguniga qadar ushlab turiladi.    

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 27.10.2020 yildan kuchga kirdi.


Oleg Zamanov.

 


*Ushbu mansabdor shaхslarning vakolatiga MJTKning 123-moddasi – transport vositalaridan aхlat yoki boshqa buyumlarni tashlash holatlarini koʻrib chiqish ham kiritildi.