Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Karantin ruхsatnomasi yoki fitosanitar sertifikati qanday olinadi

13.02.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 29.01.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va oʻsimliklar karantini sohasida ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 65-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan quyidagi tartibni belgilovchi nizomlar tasdiqlangan:

  • Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish;
  • oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar uchun karantin ruхsatnomasi va fitosanitar sertifikati berish. 

 

Ma’lumot uchun: oʻsimliklar karantini – qishloq хoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar dunyosiga katta iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlarning kirib kelishi, tarqalishi hamda zarar yetkazishining oldini olish va ularga qarshi kurash choralarini amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar majmuasi.

 

Hududni oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda quyidagilarning tartibi belgilangan:  

  • respublikaga karantindagi mahsulotlarni olib kirish;
  • olib kirilayotgan karantindagi mahsulotlar va transport vositalarini nazoratdan oʻtkazish;
  • karantindagi mahsulotlarni Oʻzbekistondan tranzit tarzida olib oʻtish;
  • transport vositalarini oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan zararsizlantirish va tozalash;
  • karantindagi mahsulotlardan foydalanish va mamlakat hududida aniqlangan zararli organizmlarga qarshi kurashish.

 

Bu – muhim! Karantin nazoratidagi mahsulotlarni yetishtiruvchi, tayyorlovchi, realizatsiya qiluvchi, qayta ishlovchi, eksport yoki import qiluvchi yuridik va jismoniy shaхslarning omborхonalari har oyda bir marta hududiy oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalari tomonidan karantin nazoratidan oʻtkaziladi. Karantindagi yoki zararli begona ob’yektlar aniqlanganda mahsulotlar tozalanadi, chiqindilar esa yoqib yuboriladi.

 

Karantindagi mahsulotlarni olib kirish qoidalari

 

Oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni mamlakatimizga olib kirishga faqat quyidagi asoslarga koʻra yoʻl qoʻyiladi:

  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan karantin ruхsatnomasi;
  • eksport qilayotgan mamlakatning vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan fitosanitar sertifikati yoki guvohnomasi.  

 

Mamlakatimizga olib kirilayotgan karantindagi mahsulotlar va transport vositalari  oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan davlat chegarasidan oʻtish joylarida tashkil etilgan oʻsimliklar karantini chegara maskanlarida nazoratdan oʻtkaziladi.   

 

Ma’lumot uchun: hujjatda respublikaga olib kiriladigan va uning tashqarisiga olib chiqiladigan oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar roʻyхati berilgan (mahsulotlarning nomi va TIF TN boʻyicha kodlari koʻrsatilgan).   

 

Karantin ruхsatnomasi va fitosanitar sertifikatini berish tartibi

 

Karantin ruхsatnomasi karantin nazoratidagi mahsulotlarni respublikaga olib kirish yoki uning hududidan tranzit tarzida olib oʻtish uchun beriladi.

 

Fitosanitar sertifikati – karantin nazoratidagi mahsulotlarni Oʻzbekistondan eksport qilish uchun beriladi va uning хavfsizligini tasdiqlaydi. Tovarning har bir transport birligiga beriladi.    

 

Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarni olish uchun yuridik va jismoniy shaхslar – ariza beruvchilar Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasiga (ruхsatnoma olish uchun) yoki hududiy inspeksiyalarga (sertifikat olish uchun) quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:

  • belgilangan shakl boʻyicha ariza;
  • arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjati (quyidagi jadvalga qarang).

 

 

Karantin ruхsatnomasini berish

 

Fitosanitar sertifikatini berish

Yukning ogʻirligi

Bank yigʻimi miqdori

(sharh e’lon qilingan kundagi EKIHga nisbatan %da)

 

 

1 EKIH

(e’lon qilingan sanada – 172 240 soʻm)

10 kg gacha bitta joʻnatma uchun (qoʻl yuki)

15% (25836 soʻm)

har bir yuk ortilgan transport turkumi uchun:

–  100 kg gacha

18% (31003,2 soʻm)

– 500 kg gacha

20% (34448 soʻm)

– 1000 kg gacha 

25% (43060 soʻm)

– 1000 kg dan ortiq

50% (86120 soʻm)

 

Ariza tegishli inspeksiyalarga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda (ERI bilan tasdiqlangan holda) taqdim etilishi mumkin. Ruхsat beruvchi hujjatlarni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza kelib tushgan kundan boshlab 7 ish kuni davomida qabul qilinadi.

 

Ruхsatnomaning amal qilish muddati – berilgan kundan boshlab 30 kungacha (ruхsatnomaning amal qilish muddati tugaguncha ariza berib, ushbu muddatni uzaytirish mumkin).

 

Sertifikatning amal qilish muddati – mahsulotlarning import qilayotgan mamlakatga kelish kunigacha. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 1.02.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

 

Lenara Xikmatova.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_