Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Karateni rivojlantirishga har yili 5 mlrd soʻmdan ajratiladi

07.11.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 03.11.2023 yildagi «Karate (WKF) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida»gi PQ-356-son qarori qabul qilindi.


Quyidagilar 2023-2026 yillarda karate sport turining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • iqtidorli yoshlarni, shu jumladan qizlarni aniqlash, tanlash va saralash;
  • aholining barcha qatlamlari, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaхslarning karate bilan shugʻullanishi uchun hududlarda «Karate hamma uchun» dasturini amalga oshirish;
  • karate boʻyicha zamonaviy sport ob’yektlarini barpo etish, mavjudlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlash;
  • karate boʻyicha professional sportchilar sifatida tayyorlashning barcha bosqichlarini raqamlashtirish va boshqalar.

 

Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasi hududiy boʻlimlari bilan Oʻzbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi etib qayta tashkil qilindi.

 

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi tuzilmasida parakarate boʻlimi tashkil etiladi.

 

Karate boʻyicha kompleks musobaqalarga sportchilarni tayyorlash va Karate assotsiatsiyasi faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2024 yildan boshlab har yili 5 mlrd soʻmdan mablagʻ ajratib boriladi.

 

2024 yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda:

  • respublikaning barcha hududlarida 7 oktyabr kuni - Butunjahon karate kuniga bagʻishlangan Karate festivali;
  • karate va parakarate boʻyicha nufuzli «Uzbekistan Open» хalqaro turniri;
  • karate boʻyicha Xalqaro karate federatsiyasining (WKF) tasdiqlangan yosh toifalari boʻyicha uch bosqichli (tuman/shahar, hududiy va respublika) chempionatlar va kuboklar;
  • karate boʻyicha davlat sport-ta’lim muassasalari oʻrtasida «Oʻzbekiston chempionati» musobaqasi oʻtkaziladi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2023-2026 yillarda karate (WKF) sport turini rivojlantirish dasturi;
  • 2023-2026 yillarda karate (WKF) sport turini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.