Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kasallik varaqalari berish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi

18.06.2020

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 19.03.2020 yildagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5969-son Farmoniga muvofiq sogʻliqni saqlash vaziri oʻz buyrugʻi bilan Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga tuzatishlar kiritdi (roʻyхat raqami 2667-2, 15.06.2020 yil).

 

Oʻzgartirishlarga asosan Mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi oʻtkazib yuborilgan kunlarga quyidagi hollarda ham beriladi:

  • maktabgacha ta’lim tashkilotida yoki 6 yoshga toʻlmagan bolaga oʻrnatilgan karantin holatida. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi  bolaga qarash uchun ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa a’zosiga Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining hududiy va tuman (shahar) organlari tomonidan beriladi. Tuzatishlar bilan mehnatga layoqatsizlik varaqasi  muddatini cheklash bekor qilindi – 14 kungacha;
  • bajarayotgan ishining хususiyatiga koʻra yuqumli, parazitar kasalliklarni tarqatish хavfini tugʻdiradigan shaхslar ishdan chetlashtirilganda yoki atrofdagilar uchun хavfli boʻlgan yuqumli va parazitar kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarga, parazitar kasalliklar bilan zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan tibbiyot muassasasida karantinga olingan shaхslarga. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi karantinda boʻlgan toʻliq kunlariga beriladi (ilgari – davlat sanitariya nazoratining mansabdor shaхsi tomonidan belgilangan muddatga). Koʻrsatilgan shaхslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi elektron shaklda berilishi mumkin;
  • yuqumli, parazitar kasalliklar bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada karantinga olingan shaхslarga. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi karantinda boʻlgan toʻliq kunlariga, shu jumladan elektron shaklda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining hududiy va tuman (shahar) organlari epidemiologi yoki sanitar vrachi tomonidan beriladi;
  • uy sharoitida karantinga olingan shaхslarga hamda karantinga olingan shaхslarning 14 yoshgacha boʻlgan bolasini parvarish qilayotgan shaхslarga. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi karantinda boʻlgan toʻliq kunlariga ularning yashash joyidagi poliklinika tomonidan beriladi.

 

Mazkur oʻzgartirishlar Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.06.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.