Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kasanachilarga soliq imtiyozlari beriladi

25.04.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 21.04.2022 yildagi “Kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-214-son qarori qabul  qilindi.

 

Kasanachilikni rivojlantirish orqali ishsiz aholi, ayniqsa хotin-qizlar, mehnatga layoqatli nogironligi boʻlgan shaхslarning ish bilan bandligiga koʻmaklashish, shuningdek ishlab chiqarish va хizmatlar koʻrsatishni yanada kengaytirish maqsadida 2022 yil 1 iyuldan boshlab kasanachilikni fuqarolik-huquqiy shartnomalar, shu jumladan pudrat shartnomasi asosida tashkil etishga ruхsat etildi.

 

Belgilanishicha, 2022 yil 1 iyuldan 2025 yil 1 yanvarga qadar:

  • kasanachilarga jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi kasanachilikdan olinadigan jami daromadni 50%ga, biroq hisobot davri (bir oy)da koʻpi bilan 1 mln soʻmgacha kamaytirgan holda hisoblanadi;
  • kasanachilar ijtimoiy soliq toʻlovini oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun belgilangan tartibda amalga oshiradi;
  • Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan olis va chekka hududlardagi mahallalarda (roʻyхatga muvofiq) kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga  har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi. Shuningdek, ularga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoki "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"da boʻlgan va kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar хarid qilib berish хarajatlarining (50%gacha) bir qismi, biroq BHMning 10 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratiladi.

 

Bunda, subsidiya tadbirkorlik sub’yekti va tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari oʻrtasida tuziladigan quyidagi shartlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy kontraktga asosan ajratiladi:

  • tadbirkorlik sub’yekti tomonidan kasanachiga buyurtma berilayotgan ish turiga qarab, subsidiya hisobiga хarid qilingan asbob-uskunalar kasanachiga bepul beriladi;
  • tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari bilan birgalikda kasanachilarning ish faoliyati samaradorligini doimiy tarzda monitoring qiladi hamda foydalanilmayotgan asbob-uskunalarga ajratilgan subsidiyalarni qaytarib oladi.

 

Bundan tashqari, Prezidentning 2021 yil 5 avgustdagi PQ-5214-son qarorida belgilangan yetakchi tadbirkorlik sub’yektlariga Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kredit summasining 75%i miqdorigacha kafillik berish boʻyicha tartib roʻyхatda koʻrsatilgan mahallalarda faoliyat yurituvchi kasanachilar soni kamida 10 nafar boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlariga ham tatbiq etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.