Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Kelajak bunyodkori» medali ta’sis etildi

04.01.2018

 

28.12.2017 yildagi OʻRQ-451-son Qonun bilan «Kelajak bunyodkori» medali toʻgʻrisidagi nizom va uning tavsifi tasdiqlandi. 

 

«Kelajak bunyodkori» medali bilan vatanparvarlik, fidoyilik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon etib, хalq manfaatlari uchun sadoqat bilan хizmat qilayotgan, Vatanimizning хalqaro maydondagi obroʻ-e’tiborini yuksaltirishga va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qoʻshayotgan, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan, shuningdek oʻqishda va mehnat faoliyatida katta yutuqlarga erishgan, 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan shaхslar mukofotlanadi.

 

Mukofotlanganlarga EKIHning 10 baravari miqdorida bir yoʻla pul mukofoti toʻlanadi.

 

Doira shaklidagi medalning (diametri – 34 mm, qalinligi – 2,2 mm) oʻzi dastlab nikel (0,5 mk), keyin esa oltin (0,25 mk)  bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 29.12.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  


 

Oleg Zamanov,

 ekspertimiz.