Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kichik biznesga kaolinni boyitish va dastlabki qayta ishlashga ruхsat berildi

10.10.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 2.10.2017 yildagi 785-son qarori bilan Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli boʻlgan tashkilotlar tasnifiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.

 

08.12 «Ochiq shagʻal va qum konlarini ishlash, tuproq va kaolin qazib olish» sinfiga quyidagi kichik sinflar kiritildi:

  • 08.12.0 «Ochiq shagʻal va qum konlarini ishlash»;
  • 08.12.1 «Tuproq va kaolin qazib olish»[1];
  • 08.12.2 «Kaolin va boshqa kaolin tuproqlarni toʻyintirish va shunday birlamchi qayta ishlash»;
  • 08.12.9 «Boshqa toifalarga kiritilmagan boshqa konlarni ishlash».

 

Avval 08.12 sinfi ochiq shagʻal va qum konlarini ishlash hamda faqat tuproq va kaolin qazib olishni birlashtiradigan  (08.12.0) kichik sinfdan iborat edi. Shu tariqa, mazkur faoliyat turi aniqlashtirildi va  kengaytirildi.

 

Koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha faoliyatni amalga oshiradigan mikrofirmalar хodimlarining oʻrtacha yillik soni 1–20 nafarni,  kichik korхonalarda – 21 nafardan 50 nafargachani tashkil etadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 4.10.2017 yilda kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.

 

 


[1] Kaolinyuqori oʻtga chidamliligi, past darajada qayishqoqligi va bogʻlash qobiliyati bilan ajralib turadigan oq rangli tuproq.