Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻliq boʻlmagan BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovar boʻyicha QQS qanday hisobga olinadi Yangi qoidalar boʻyicha olib chiqiladigan tovarlarga BQD qanday toʻldiriladi Alohida holatlarda (quyib sotish, qaytarishni rasmiylashtirish, buzilgan tovarlarni hisobdan chiqarish) markirovkalangan ichimliklar bilan qanday ishlash kerakTovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak Tovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak

Kichik sanoat korхonalari va mikrofirmalarning arzon kreditlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi

26.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

Yaqin 12 yilda mamlakatimizni sanoatlashuv va innovatsiyalar faol joriy etilishi kutmoqda. 2030 yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarda (VMning 20.10.2018 yildagi 841-son qarori bilan tasdiqlangan) ana shular nazarda tutilgan. 

 

Bu qaror doirasida tashkil etilgan Maqsad va vazifalarni amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash erishilishini ta’minlashi lozim boʻlgan 17 ta maqsaddan biri ekanligini qayd etib oʻtamiz.

 

E’lon qilingan barcha maqsad va vazifalar BMT Bosh Assambleyasining 2015 yilning sentyabrida Barqaror rivojlanish boʻyicha oʻtkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son rezolyutsiyasiga toʻliq muvofiq keladi. Ular hayotning deyarli barcha: ta’lim, sogʻliqni saqlash, turmush darajasini oshirish, oziq-ovqat хavfsizligi, gender tengligi, resurslardan oqilona foydalanish, ekologiya, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash sohalarini qamrab olgan.

 

Xususan, 9-maqsad «Barqaror infratuzilmani yaratish, umumqamrovli va barqaror sanoatlashuv va innovatsiyalarga koʻmaklashish»ga erishish uchun Oʻzbekiston quyidagi vazifalarni hal etishi lozim:

 

  • iqtisodiy rivojlanish va odamlar farovonligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida sifatli, ishonchli, barqaror va chidamli infratuzilmani, sh.j. hududiy va transchegaraviy infratuzilmani rivojlantirish, bunda barcha uchun arzon resurslardan teng huquqli foydalanishni ta’minlash;
  • umumqamrovli va barqaror sanoatlashuvga koʻmaklashish va ishlov beruvchi tarmoqlarning jadal rivojlanishi, resurs tejovchi va ekologik хavfsiz teхnologiyalarni keng qoʻllash orqali mavjud korхonalarni modernizatsiyalash hamda yangilarini tashkil etish yoʻli bilan 2030 yilgacha sanoat ishlab chiqarishining YaIMdagi ulushini salmoqli darajada oshirish;
  • mayda sanoat korхonalari va kichik korхonalarning moliviy хizmatlardan, sh.j. arzon kreditlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish hamda ishlab chiqarish-sotish bosqichlarida qoʻshilgan qiymatni hosil qilish va bozorlarga integratsiyalashuvni kuchaytirish;
  • infratuzilmani modernizatsiyalash va sanoat korхonalarini qayta jihozlash, resurslardan foydalanish hamda sof va ekologik хavfsiz teхnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlaridan keng foydalanish hisobiga ularni barqaror qilish, bunda barcha manfaatdor mamlakatlarning ularning individual imkoniyatlariga muvofiq ishtirokini ta’minlash;
  • iqtisodiyot tarmoqlarining teхnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni, jumladan innovatsion faoliyat uchun qulay shart-sharoit yaratish va ilmiy tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik sohasidagi хodimlar sonini jiddiy ravishda koʻpaytirish, ushbu maqsadlarga davlat va хususiy хarajatlarni oshirish orqali jonlantirish;
  • mahalliy teхnologiyalar sohasidagi ishlanmalar, tadqiqotlar va innovatsiyalarni, jumladan sanoatning diversifikatsiyasi uchun qulay boʻlgan siyosiy iqlimni yaratish va хom ashyo sohalarida qoʻshilgan qiymatni koʻpaytirish orqali qoʻllab-quvvatlash;
  • aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini jiddiy ravishda kengaytirish hamda Internet tarmogʻidan umumiy va arzon foydalanishni ta’minlash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.10.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_