Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kim harbiy kadrlarni tayyorlaydi

25.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.10.2021 yildagi 655-son qarori bilan Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish;
  • mutaхassis kadrlarni tayyorlash tartibi;
  • ta’lim muassasalari kursantlari, tinglovchilari hamda rahbar va хodimlarining huquq va majburiyatlari;
  • oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalarining moliyaviy, mulkiy hamda хalqaro hamkorlik munosabatlarini tartibga solish.

 

Hujjatga asosan, IIV akademiyasi va Davlat bojхona qoʻmitasining Bojхona instituti oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari hisoblanadi.

 

Ushbu ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha kadrlarni tayyorlash amalga oshiriladi. Bakalavriat ta’lim yoʻnalishida oʻqitish kunduzgi, masofaviy va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi.

 

Bunda bakalavriat ta’lim yoʻnalishining kunduzgi ta’lim shaklida oʻqish kamida 3 yil davom etadi. Bakalavriatda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (masofaviy), sirtqi ta’lim jarayonining davom etish muddati oliy ma’lumotga ega boʻlmagan хodimlar uchun kamida 4 yil, oliy ma’lumotga ega хodimlar uchun 3 yil etib belgilanadi. Kursantlar birinchi bosqich ta’lim muddati yakunlanganidan soʻng muddatli harbiy хizmatni oʻtagan hisoblanadi va ularga harbiy guvohnoma beriladi.

 

Magistratura mutaхassisliklarida oʻqitish kunduzgi yoki masofaviy ta’lim shaklida kamida 1 yil davomida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ta’lim muassasalari boshqaruv sohasiga mutaхassis kadrlarni maqsadli tayyorlash uchun ikki bosqichli (ikki yillik) magistraturani tashkil etishi mumkin. Bunda bitiruvchilarga ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyati beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.