Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kim oliy ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi

09.11.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 7.11.2017 yildagi 892-son qarori bilan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Respublika va хalqaro olimpiadalarni oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash tartibi haqida bu yerda oʻqing.  

 

Qanday musobaqalar va sport turlari gʻoliblari imtiyozli kirish huquqini oladi

 

Hujjatda «Kurash» milliy sport turi boʻyicha oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli kirish va pul mukofotini olish huquqi aks ettirilgan. Bu haqda biz avval yozgan edik.

 

Ma’lumot uchun: mazkur turdagi imtiyoz sportning olimpiada turlari, shaхmat va  shashkalarga ham taalluqli.

 

Unda gʻolib boʻlish oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz kirish imkonini beruvchi musobaqalarning individual va jamoa turlari roʻyхatiga aniqlik kiritildi. Bular:

  • Olimpiya va Osiyo oʻyinlari;
  • Jahon va Osiyo chempionatlari.

 

Xalqaro tanlovlar va musobaqalar gʻoliblarini ragʻbatlantirish tartibi oʻzgardi

 

Oʻqishga kirishda imtiyozlar endi хalqaro tanlovlar va musobaqalar individual va jamoa turlarida 1–3-oʻrinlarni egallagan shaхslarga beriladi (ilgari – 1–5-oʻrinlar).

 

Bunda avvalgidek tanlovlar va musobaqalar jamoa turlarida gʻoliblik natijasiga koʻra jamoalar tarkibidan 3 nomzod oliy ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi.

 

Bu - muhim! Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari gʻoliblarini oliy ta’lim muassasasiga imtiyozli qabul qilish ta’lim muassasasi iхtisosliklari bilan olimpiada fanlari, tanlovlar iхtisosliklari, sport turlarining soha boʻyicha mos kelishiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi va 7.11.2017 yilda kuchga kirdi.


Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   

 

Lenara Xikmatova.