Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Kirim qilinmagan tovarlar uchun sanksiya yumshatildi

05.01.2016

“Soliq va byudjet siyosatining 2016 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 31.12.2015 yildagi OʻRQ-398-son Qonun bilan kirim qilinmagan tovarlarni saqlash uchun sanksiya yumshatildi.

 

SKning 114-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlar kirim qilinmagan tovarlarni saqlash uchun  sanksiyani yumshatdi. Bugun kirim qilinmagan tovarlarni saqlash, bundan ularning qonuniy kelib chiqishi tasdiqlangan hollar mustasno, kirim qilinmagan tovar qiymatining 20%ini tashkil qiladigan jarima solinishiga olib keladi. Avval amal qilgan jarima kirim qilinmagan tovarning butun qiymatiga teng edi.

 

 

Gzal ISLAMOVA,
ekspertimiz.