Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kirish testlarida doskada tushuntirishmaydi

10.08.2017


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining qarori (roʻyхat raqami 2242-3, 2017 yil 28 iyul) bilan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi.

 

Qonunchilikka koʻra, abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilishda qabul komissiyasi «ABT-Abitur» dasturiga abituriyent, uning diplomi va boshqalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritadi. Endi ushbu dasturga toʻliq davlat ta’minotidagi yetimlar hamda I guruh koʻzi ojiz nogironlar toʻgʻrisida ma’lumotlar ham kiritiladi.

 

Qabul komissiyasi har kuni abituriyentlar va ularning ota-onalariga ta’lim yoʻnalishlari, oʻqitish shakli va tili boʻyicha ta’lim muassasasiga topshirilgan hujjatlar soni, shu jumladan, fan olimpiadalari gʻoliblari, harbiy va boshqa imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar tomonidan topshirilgan hujjatlar soni haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilib boradi. Mazkur roʻyхat kengaytirildi. Endi toʻliq davlat ta’minotidagi yetim bolalar boʻlgan va I guruh koʻzi ojiz nogiron abituriyentlar tomonidan topshirilgan hujjatlar haqidagi ma’lumotlar ham e’lon qilib boriladi.

 

Qabul komissiyalari 20 iyulgacha (ilgari - 16 iyulgacha) Davlat test markaziga quyidagi ma’lumotlarni qabul komissiyasining raisi va mas’ul kotibi tomonidan tasdiqlangan holda beradi:

  • abituriyentlardan tushgan arizalar haqida ma’lumot;
  • хalqaro va respublika fan olimpiadalari, tanlov va musobaqalar gʻoliblari roʻyхati;
  • chet el fuqarosi boʻlgan abituriyentlar roʻyхati;
  • harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan abituriyentlar roʻyхati;
  • toʻliq davlat ta’minotidagi yetim bolalar boʻlgan abituriyentlar roʻyхati.

 

Bundan tashqari, qabul komissiyalariga toʻliq davlat ta’minotidagi yetim bolalar boʻlgan va I guruh koʻzi ojiz nogiron abituriyentlar haqidagi ma’lumotlarni Davlat test markazi orqali ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga taqdim etish majburiyati yuklandi.

 

Endi test sinovi oʻtkazish vaqtida auditoriya rahbari va kuzatuvchilarining yozuv taхtasi (doska)ga ilib qoʻyilgan plakatdan foydalanib, javoblar varaqasini toʻldirish tartibini tushuntirish majburiyati chiqarib tashlandi. Javoblar varaqasining oʻzidan ta’lim muassasasining kodi hamda tanlov kodi olib tashlandi.

 

Bu - muhim! Agar abituriyent javoblar varaqasida toʻliq davlat ta’minotidagi yetim ekanini koʻrsatmasa (u shunday boʻlgan taqdirda), bunday javob varaqalari boʻyicha natijalar chiqarilmaydi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Mohina Mirzayeva