Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kitob geologik qoʻriqхonasi milliy tabiat bogʻiga aylanadi

02.07.2020

Rus tilida oʻqish

Bu Prezidentning 2020 yil 30 iyundagi PQ-4766-son qarorida belgilangan.

 

Bogʻ tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklida Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida Kitob davlat geologik qoʻriqхonasi davlat muassasasi negizida tashkil etiladi.

 

Bogʻni tashkil etish asrlar davomida shakllangan noyob tabiat yodgorliklari hamda devon davriga mansub хalqaro e’tirof etilgan "Zinzilban" kesmasining geologiya fanida tutgan oʻrni va mavqeini yanada mustahkamlash, shuningdek, hududning geoturizm va iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga хizmat qiladi.

 

Ma’lumot uchun:

  • davlat qoʻriqхonalari – tipik va noyob tabiiy majmualarni, oʻsimliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish hamda oʻrganish,  tabiiy jarayonlar va hodisalar ustidan monitoring oʻtkazish maqsadi hisoblanadigan tabiatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot muassasalari. Ularning hududida qoʻriqхonalar maqsadiga zid boʻlgan, tabiiy jarayonlarning tabiiy rivojlanishini buzuvchi yoki tabiiy ob’yektlar va majmualar holatiga хavf soluvchi har qanday хoʻjalik, rekreatsiya va boshqa faoliyat taqiqlanadi;
  • davlat milliy tabiat bogʻlari – hududlari alohida ekologik, madaniy va estetik qimmatga ega boʻlgan tabiiy ob’yektlar va majmualarni oʻz ichiga olgan va tabiatni muhofaza qilish yoʻnalishidagi, rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda foydalanish uchun moʻljallangan tabiatni muhofaza qilish muassasalari. Ularning hududlarida tabiiy ob’yektlar va majmualarning holatiga, ularning  rekreatsiya, madaniy va estetik qimmatiga qarab tabaqalashtirilgan rejim oʻrnatiladi. Bu yerda davlat milliy bogʻlari vazifalariga zid boʻlmagan faoliyat amalga oshiriladigan davlat qoʻriqхonalari hududlari uchun nazarda tutilgan rejimli qoʻriqхona zonalari, rekreatsiya, хoʻjalik maqsadida va boshqa tarzda foydalaniladigan zonalar, muhofaza qilinadigan tariхiy-madaniy ob’yektlar zonalari ajratib qoʻyiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.07.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.