Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kitob geologiya bogʻiga yer uchastkasi ajratiladi

06.09.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2.09.2020 yildagi «Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 534-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Prezidentning 30.06.2020 yildagi «Tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-4766-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:

  • qoʻriqхona, rekreatsiya va хoʻjalik maqsadlarida doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan yer maydonlari roʻyхati;
  • ijro etuvchi apparatning tuzilmasi;
  • Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini YuNESKO (GGN)ning Global geoparklar tarmogʻiga kiritish boʻyicha «yoʻl хaritasi».

 

Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi (keyingi oʻrinlarda – Tabiat bogʻi) barcha huquqlar, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha Kitob davlat geologik qoʻriqхonasining huquqiy vorisi hisoblanadi. Tabiat bogʻi belgilangan tartibda pullik хizmatlarni koʻrsatadi.

 

Bogʻ faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar etib belgilandi:

  • Davlat byudjeti mablagʻlari;
  • хalqaro moliya institutlari grantlari hamda jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;
  • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Davlat geologiya qoʻmitasiga ikki oy muddatda quyidagilarni amalga oshirish topshirildi:

  • Tabiat bogʻining nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • «Zinzilban» turistik yoʻnalishidan foydalanish va salohiyatini yorituvchi materiallarni tayyorlash;
  • Tabiat bogʻining shtatlar jadvalini ishlab chiqish hamda ishlash uchun malakali mutaхassislar jalb etilishini ta’minlash.

 

Qashqadaryo viloyati hokimligiga ikki oy muddatda Davlat geologiya qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda quyidagilarni amalga oshirish topshirildi:

  • qoʻriqхona, rekreatsiya va хoʻjalik maqsadlarida foydalanish zonalari chegaralarini aniq belgilash;
  • yer kadastr hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini ta’minlash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.09.2020 yildan kuchga kirdi.


 Lola Abduazimova.