Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Konsert-tomosha faoliyati uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish zarur emas

11.09.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 28.08.2017 yildagi 678-son qarori bilan “Oʻzbekkonsert” DM markaziy apparatining tuzilmasi, uning mintaqaviy boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi hamda davlat muassasasining ustavi tasdiqlandi.

 

Oʻzbekkonsertning asosiy vazifalari belgilandi:

 

  • mamlakatimizda konsert-tomosha va gastrol faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;
  • konsert-tomosha va gastrol faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
  • yosh va iqtidorli ijrochilarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash, badiiy yuksak musiqa asarlari, qoʻshiqlar va videokliplarning yaratishni ta’minlash va ragʻbatlantirish;
  • milliy raqs va хoreografiya, opera san’ati, ansambl va orkestrlarning oʻzbek milliy madaniyati taraqqiyotidagi oʻrnini yanada oshirish, ularning gʻoyaviy-badiiy yoʻnalishlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uygʻunlikda rivojlantirish;
  • mamlakatimiz hududida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish.

 

Bu – muhim! Ilgari "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi tomonidan berilgan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar va konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruхsatnomalar tegishli ravishda ushbu litsenziyalar va ruхsatnomalar berilgan muddatgacha amal qiladi va qayta rasmiylashtirilishi talab etilmaydi.

 

Eslatib oʻtamiz, "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi va “Oʻzbekraqs” milliy raqs birlashmasi “Oʻzbekkonsert” DMga qayta tashkil etildi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.     

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.