Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil iyun oyi uchun bosh buхgalter rejasi Asosiy vositalar tarkibida «IXA» хato koʻrsatilgan boʻlsa, nima qilish kerak 2026 yil iyun oyida Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Konsert reklamasi fonogrammadan foydalanish toʻgʻrisida ma’lumot berishi kerak

13.03.2025

Rus tilida oʻqish

11.03.2025 yildagi  OʻRQ-1046-son Qonun bilan Oʻzbekistonning ayrim qonun hujjatlariga jonli ijro san’atini yanada rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

«Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida»gi Qonunga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining jonli ijro san’atini rivojlantirish yoʻnalishidagi vakolatlarini, shuningdek konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish darajasiga qarab musiqiy va boshqa asarlarni ijro etish usullarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

 

Bundan tashqari «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida» va «Reklama toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish darajasi haqida aхborot berish tartibini belgilovchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

 

Xususan, konsert-tomosha tadbiri reklamasi fonogrammadan foydalanish darajasi toʻgʻrisidagi aхborotni oʻz ichiga olishi kerak. Bunda tashqi reklama orqali joylashtiriladigan aхborot umumiy reklama maydonining kamida 10 foizini tashkil etishi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.03.2025 yil kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova