Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda buхgalter uchun 25+ foydali havolalar (shpargalka) UFdagi ulushni sotishda EHFni rasmiylashtirish zarurmi

Konsertlarda jonli ijro qanday ragʻbatlantiriladi

10.04.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 08.04.2025 yildagi «Konsert-tomosha faoliyatida jonli ijroni yanada ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi VMQ-207-son qarori qabul qilindi.

 

«Jonli ijrochilar reyestri», shuningdek 2025 yil 1 maydan boshlab:

  • Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan barcha konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi;
  • konsert-tomosha tadbirlari reklamasi tegishincha «Jonli ijro», «Fonogrammadan foydalangan holda jonli ovoz» yoki «Fonogrammali konsert dasturi» belgilari koʻrsatilishi kerak;
  • ijodkorlarni davlat mukofotlariga tavsiya etishda, birinchi navbatda, ularning jonli ijrodagi mahorati inobatga olinadi.

 

2025 yil 1 iyuldan boshlab:

  • Milliy teleradiokompaniya (MTRK) teleradiokanallarida jonli ijroda tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari reklamasini efirga uzatganlik uchun tadbir tashkilotchisiga 30 foiz chegirma beriladi;
  • fonogrammadan qisman foydalangan holda tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari tashkilotchilariga ijara toʻloviga 25 foiz chegirma beriladi (kommunal toʻlovlar bundan mustasno);
  • MTRK teleradiokanallarida fonogrammadan qisman foydalangan holda tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari reklamasini efirga uzatganlik uchun tadbir tashkilotchisiga 15 foiz chegirma beriladi;
  • jonli ijroda va qisman fonogrammadan foydalangan holda tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari tegishli teleradiokanal Badiiy kengashining ijobiy хulosasi asosida MTRK teleradiokanallarida bepul efirga uzatiladi.

 

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida jonli ijroda va qisman konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.04.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev