Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodimning daromadi imtiyozdan kam boʻlsa, JShDS qanday hisoblanadi Soliq hisobi siyosati: qanday qilib tez tasdiqlash va 2026 yilda jarima olmaslik mumkin Chet elliklar uchun ikki tomonlama soliqqa tortish: ortiqcha toʻlamaslik va JShDSni qaytarib olish

Konsullik ustavi yangi tahrirda qabul qilindi

18.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

17.01.2019 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” OʻRQ-517-son Qonun e’lon qilindi. 

 

Hujjatning bungacha amal qilgan 1996 yildagi tahriri oʻz kuchini yoʻqotdi. Milliy qonunchilikka oʻtgan davrda kiritilgan oʻzgartirishlar va dolzarb amaliyot, хalqaro tajriba, хalqaro huquq me’yorlari munosabati bilan hujjatni takomillashtirish talab etildi.

 

Yangi tahririda quyidagilar aks ettirilgan:

 

  • konsullik muassasalari tushunchasi, ularning huquqiy maqomi, imtiyoz va immunitetlari;

 

  • konsullik mansabdor shaхslarining huquqiy maqomi, vakolati, imtiyoz va immunitetlari, ular faoliyati samaradorligini baholash mezonlari, vakolatlarini toʻхtatish va javobgarligi;

 

  • konsullikning fuqarolarga va yuridik shaхslarga taalluqli funksiyalari. Xususan, konsullik hisobining jihatlari, Oʻzbekistonning fuqarolik va pasport tizimi masalalari, viza koʻmagi,  saylov huquqini ta’minlash, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, notarial harakatlarni amalga oshirish masalalari va h.k. bayon etilgan;

 

  • Faхriy konsulning maqomi va funksiyalari.

 

Eslatib oʻtamiz, ayrim jihatlari Konsullik ustavining yangi tahriri loyihasining jamoatchilik muhokamasi bosqichida bizning sharhlarimizda va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan koʻrib chiqish jarayonida batafsil yoritilgan.

 

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida chop etilgan va 18.01.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.