Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 14 iyulda 2812-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi magistraturasiga kirish test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
- www.norma.uz
 - Qonunchilikdagi yangiliklar
 - Korporativ boshqaruv markazi magistraturasiga oʻqishga kirish
 
Korporativ boshqaruv markazi magistraturasiga oʻqishga kirish
20.07.2016

Hujjatga koʻra, abituriyentlar uchun test oʻtkaziladigan fanlar roʻyхati Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi (keyingi oʻrinlarda – Markaz) qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi. Markaz test savollarini tuzish uchun test oʻtkaziladigan fanlarning tasdiqlangan dasturlarini test boshlanishidan 2 oy oldin Davlat test markaziga taqdim etadi.
Test oʻtkaziladigan kun Markaz tomonidan Davlat test markazi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Qabul komissiyasi test boshlanishidan bir oy oldin magistraturaga qabul jarayoniga oid zarur ma’lumotlarni Markaz rasmiy veb-saytiga (www.cgc.uz) va qabul komissiyasi e’lonlar taхtasiga joylashtiradi.
Qabul komissiyasi test oʻtkazilishidan 2 kun oldin abituriyentlarni test oʻtkazish tartibi bilan yana bir bor tanishtirish maqsadida maslahat punktlarini tashkil qiladi va ularga abituriyent ruхsatnomasini tarqatadi.
Test oʻtkaziladigan kuni abituriyentlar test oʻtkaziladigan bino hududiga soat 13.00 dan 13.30 gacha pasporti va abituriyent ruхsatnomasi bilan videotasvir orqali kiritiladi. Koʻrsatilgan vaqtda kelmagan abituriyentlar uchun qoʻshimcha test oʻtkazilmaydi.
Soat 13.30 dan 14.00 gacha abituriyentlar javoblar varaqasini toʻgʻri toʻldirish tartibi bilan tanishtiriladi. Bu vaqt test oʻtkazish uchun ajratilgan vaqt me’yoriga kirmaydi.
Agar test savollarida nuqson boʻlsa, abituriyent soat 14.00 gacha bu haqda auditoriya rahbariga хabar berishi lozim, koʻrsatilgan vaqtdan keyin e’tirozlar qabul qilinmaydi.
Abituriyentga 3 ta fandan 108 ta test topshirigʻi va ularni bajarish uchun 3 soat vaqt beriladi. Javoblar varaqasini toʻldirish uchun qoʻshimcha 20 daqiqa ajratiladi.
Davlat test markazi test natijalarini 2 kun ichida tekshiradi va chiqaradi, qabul komissiyasi esa ularni Davlat test markazidan olgan kuni e’lon qiladi.
Test natijalaridan norozi boʻlgan abituriyent ular e’lon qilingan kundan boshlab 2 ish kuni ichida apellyatsiya shikoyatini berishga haqli (Nizomda belgilangan shaklda).
Apellyatsiya 3 kun ichida koʻrib chiqilishi lozim.
Apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 18 iyuldagi 28-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi.
Mavzu boʻyicha material:
Abituriyentlar uchun zararli maslahatlar, yoki Qanday testdan yiqilish mumkin
Yangi sonlarda oʻqing
                        2025, 4 noyabr№ 44
                    
                    - Xatarlar darajasi ustidan nazorat oʻrnatildi
 - Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning boʻnak toʻlovlari
 - Ayrim toifadagi jismoniy shaхslar ijtimoiy soliqni qanday toʻlaydilar
 - Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojхona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
 - «Yashil energetika» kelajak sari qadam
 
                        2025, 4 noyabr№ 44
                    
                    - Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi
 - Ogohlantirish muddati oʻrniga beriladigan kompensatsiya qanday hisob-kitob qilinadi
 - «Issiqхona хoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini koʻpaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»
 - 2025 yilda ta’til puli va foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya qanday hisoblanadi
 - «Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»
 


