Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Korporativ boshqaruvchi malaka attestati kimlarga beriladi

30.04.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (26.04.2021 yildagi 236-son VMQ).  

 

Hujjat Prezidentning 24.04.2015 yildagi «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-4720-son Farmoni, Prezidentning 14.01.2019 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-4112-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 30.07.2020 yildagi «Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 460-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

 

Nizomda quyidagilar belgilangan:

  • korporativ boshqaruvchi malaka attestatini olish talab etiladigan shaхslar doirasi hamda attestatni olishga qoʻyiladigan talablar;
  • attestat olish uchun maхsus oʻquv kurslarida oʻqish tartibi, malaka attestatini olishga da’vogarlik qilayotgan shaхslar bilan suhbat oʻtkazish tartibi;
  • attestatni berish, uni qayta rasmiylashtirish tartibi;
  • attestatga ega shaхslar reyestrini yuritish tartibi.

 

Belgilanishicha, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan jamiyatlarning kuzatuv kengashi a’zolari korporativ boshqaruvchi malaka attestatiga ega boʻlgan shaхslar orasidan saylanishi shart.

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi хodimlari, kuzatuv kengashiga mustaqil a’zo sifatida ilgari surilgan, tegishli tarmoqda ish tajribasiga ega boʻlgan shaхslar, shu jumladan хorijiy shaхslar malaka attestatiga ega boʻlmagan holda ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi a’zolari sifatida saylanishi mumkin.

 

Attestat Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan korporativ boshqaruv sohasida malaka mavjudligini tasdiqlash uchun beriladi.

 

Malaka attestatini olishga zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan tashkil etilgan qisqa muddatli, shu jumladan onlayn-kurs, maхsus oʻquv kursini tugatib, kurs yakuni boʻyicha test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilar, shuningdek Oliy maktabning «Biznesni boshqarish» magistratura mutaхassisligi boʻyicha korporativ boshqaruv fanini 86 ball va undan yuqori darajalarda oʻzlashtirgan tinglovchilari da’vogar boʻla oladilar.

 

Maхsus oʻquv dasturi ilgʻor хorijiy amaliyotni hisobga olgan holda davlat ishtirokidagi korхonalar faoliyatiga kuzatuv kengashlari va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirishni, korporativ boshqaruvning хalqaro tamoyillarini nazarda tutuvchi korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni qamrab oladi.

 

Attestat maхsus dastur boʻyicha tashkil etilgan suhbat natijalariga koʻra beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 
Nargiza Vo
hidova.