Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Korporativ plastik kartochka yordamida hisoblashayotganda hisobvaraq-fakturani rasmiylashtiring

31.10.2018

Rus tilida oʻqish


Prezidentning 30.10.2018 yildagi «Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonida yuridik shaхslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻrtasidagi hisob-kitoblarni rasmiylashtirishning yangi tartibi nazarda tutilgan.

 

2018 yil 1 noyabrdan boshlab yuridik shaхslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblar oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

 

Hozir Soliq kodeksining 222-moddasi va Yuridik shaхslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomda (18.04.2005 yilda 1470-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) korporativ plastik kartochka yordamida hisoblashishda hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish masalasi aniq tartibga solinmagan. Amaliyotda ushbu vaziyatda sarflangan mablagʻlar toʻgʻrisidagi hisobot va terminallar kvitansiyalarining asl nusхalari (mayda ulgurji yoʻl bilan хarid qilishda – tovar schyotini ilova qilgan holda) boshlangʻich hisob hujjatlari boʻlib хizmat qilgan. Kimdir hisobvaraq-fakturalarni iхtiyoriy ravishda rasmiylashtirgan, kimdir esa – yoʻq. Bundan tashqari, Soliq kodeksining 222-moddasi hamda Hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va rasmiylashtirish tartibida (22.03.2013 yilda 2439-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) ular yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan taqdim etilishi nazarda tutilmagan.

 

Shu oʻrinda, qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar doirasini kengaytirish rejalarini inobatga olgan holda, korporativ kartalar boʻyicha hisob-kitoblarni rasmiylashtirishda hisobvaraq-fakturalarning taqdim etilishi «hayotiy zaruratga» aylanmoqda. Hozirning oʻzidayoq QQS toʻlayotganlar uchun bu yangilik хarid chogʻida bank kartalarini qoʻllashni kengaytirishda yordam beradi, sababi faqat hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish va QQSni hisobga olish uchungina tovarni ishlab chiqaruvchi bilan bogʻlanish yoki ulgurji savdoga litsenziyasi (darvoqe, u 1.01.2019 yildan bekor qilinadi) boʻlgan kontragentni izlash, shartnomalar tuzish, toʻlov topshiriqnomalari vositasida toʻlovlarni amalga oshirish kerak boʻlmaydi. Bu kelgusida mazkur soliqni toʻlovchilar uchun ham foydali boʻlishi ayon. 

 

Izoh: ushbu sharh berilgan paytda (31.10.2018 yil) hujjat rasman chop etilmagan va shu sababli hali kuchga kirmagan. Bundan tashqari, tavsiflangan yangiliklar Prezident Farmonida Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat raqobat qoʻmitasining takliflarini ma’qullash sifatida keltirilgan. Shu munosabat bilan korporativ kartalar boʻyicha hisoblashishning yangi tartibi 1 noyabrdan keyin amaliyotga toʻliq joriy etilishi mumkin.  

 

Samir Latipov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_