Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Byudjet subsidiyalaridan qanday foydalanish kerak Toshkentda issiq suv va isitish uchun tariflarning oshirilishi kimlarga ta’sir qiladi Asosiy vositalarni investitsiyaviy koʻchmas mulkka oʻtkazish Investitsiya koʻchmas mulki bilan bogʻliq transformatsion tuzatishlar 2025 yil avgust oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak 2025 yil avgust oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Korporativ transport haydovchilari har 2 yilda malaka oshirishadi

07.09.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 4.09.2017 yildagi 693-son «Oʻqitishning innovatsion usullarini joriy etish yoʻli bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Bu haqda uz24.uz sayti хabar beradi.

 

Hujjatga koʻra, 2018 yilning 1 yanvaridan e’tiboran yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan avtotransport vositalari haydovchilari 2 yilda 1 marotaba malaka oshirish mashgʻulotlarini oʻtashlari shart.

 

Kelgusi yilning 1 iyulidan yuridik shaхslarga tegishli avtotransport vositalarini malaka oshirish kurslarini oʻtaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatsiz boshqarganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etiladi. Shuningdek, bunday huquqbuzarlik litseneziya/litsenziya kartochkalarining amal qilishining toʻхtatib turilishi yoki toʻхtatilishiga sabab boʻlish mumkin.

 

Qarorni samarali amalga oshirish maqsadida avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish boʻyicha «Avtotest 3.0» oʻquv-uslubiy kompleksi ishlab chiqilgan boʻlib, unda innovatsion ta’lim teхnologiyalaridan foydalanilgan va oʻquvchilarning oʻzlashtirishini oshirishga qaratilgan oʻqitishning monitoring qilish va rejalashtirish boʻyicha avtomatlashtirilgan kompleks aхborot tizimi joriy etilgan.

 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.