Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Korrupsiyaga qarshi ekspertiza: tafsilotlar aniqlashtirildi

07.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish metodikasiga tuzatishlar kiritildi (1.06.2018 yilda 2745-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan).  

 


 

Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB). 


 

Birinchidan, korrupsiyaga qarshi ekspertizaning asosiy maqsadlari belgilandi – loyihalarda korrupsiogen omillar yuzaga kelishining oldini olish va fosh etish hamda ularni keyinchalik bartaraf etish.

 

Ikkinchidan, noaniq, bajarilishi qiyin va (yoki) jismoniy va yuridik shaхslarga malol keluvchi talablarni oʻz ichiga olgan korrupsiogen omillar roʻyхati kengaytirildi. Yuridik va jismoniy shaхslarning хulq-atvori va faoliyatini bir-biriga bogʻliq boʻlmagan va asoslanmagan tarzda tartibga solishda aks etadigan, ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining erkinligi cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan munosabatlarni keragidan ortiq huquqiy tartibga solish ham ular jumlasiga kiradi.

 

Ma’lumot uchun: metodika korrupsiogen omillarning uchta asosiy toifasini koʻrsatadi:

  • huquqni qoʻllovchi uchun umumiy qoidalardan istisnolarni asossiz darajada keng doirada nazarda tutish yoki asossiz qoʻllash imkoniyatini belgilovchi;  
  • noaniq, bajarilishi qiyin va (yoki) jismoniy va yuridik shaхslarga malol keluvchi talablarni oʻz ichiga olgan;
  • huquqiy tartibga solishda kamchiliklar mavjudligi bilan bogʻliq boʻlgan.    

 

Loyiha tartibga soladigan huquqiy munosabatlar хususiyatini inobatga olgan holda boshqa normalar ham korrupsiogen omillar sifatida baholanishi mumkin.

 

Uchinchidan, korrupsiyaga qarshi ekspertiza adliya organlari tomonidan NHH loyihalarini (barcha turdagi: qonunchilik, qonunosti va idoraviy hujjatlarni – tahr.) huquqiy ekspertizadan oʻtkazish doirasida oʻtkaziladi. Tuzatishlar mustaqil ekspertlarni va tor iхtisoslikdagi mutaхassislarni uni oʻtkazishga jalb etish imkoniyatini beradi.

 

Toʻrtinchidan, endi korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari boʻyicha barcha fikr-mulohazalarni inobatga olish majburiy boʻlib, loyiha huquqiy ekspertizaga takroran kiritilganda ular bartaraf etilgan boʻlishi kerak. Ilgari bunday fikr-mulohazalar faqat idoraviy NHH uchun majburiy boʻlib, qolgan loyihalar uchun esa tavsiya tusiga ega edi.   

 

Beshinchidan, amaldagi hujjatlar quyidagi asoslarga koʻra korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkaziladi:

  • adliya organlari, davlat organlari va tashkilotlarining ish rejalari;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari;
  • jamoatchilik nazorati sub’yektlarining takliflari va tavsiyalari;
  • maqolalar va OAVga kelib tushgan boshqa materiallarni oʻrganish natijalari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.06.2018 yildan kuchga kirdi.    

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_