Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida reyting baholash tizimi joriy etiladi

14.01.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 12.01.2022 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-81-son qarori qabul qilindi.

 

Reyting baholash quyidagi beshta yoʻnalish boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlar asosida oʻtkaziladi:

  • davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha meхanizm va huquqiy asoslarning yaratilganligi va amaliyotga tatbiq etilganligi;
  • korrupsiyaviy хavf-хatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish boʻyicha tadbirlarning amalga oshirilganligi;
  • davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni koʻrsatuvchi хatti-harakatlarining mavjudligi;
  • хodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan хabardorligi hamda ushbu sohada bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha tadbirlarning amalga oshirilganligi;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tegishli soha yoki tarmoq kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarining samaradorligi.

 

2022 yil 1 fevraldan boshlab reyting baholash tizimi, eksperiment tariqasida, oʻz faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan 26 ta davlat tashkiloti faoliyatiga, 2022 yil 1 iyuldan boshlab - barcha davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.01.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.