30.04.2026 yildagi OʻRQ-1142-son Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qonun bilan "Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish toʻgʻrisida"gi, "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida"gi va "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida"gi qonunlarga tuzatishlar kiritilmoqda. Ular Hukumat a’zolari va hokimlik lavozimlariga nomzodlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish rejasini taqdim etish tartibini belgilaydi.
Shuningdek, Fuqarolik protsessual va Iqtisodiy protsessual kodekslariga hamda "Davlat boji toʻgʻrisida"gi Qonunga quyidagilarni nazarda tutuvchi tuzatish va qoʻshimchalar kiritildi:
• fuqarolik-iqtisodiy ishlarni koʻrib chiqishning soddalashtirilgan tartib-taomili uchun asos boʻlib хizmat qiladigan talab miqdorining oshirilishi. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida da’vo arizalari boʻyicha ishlar, agar da’voning bahosi yuridik shaхslarga nisbatan BHMning 150 (ilgari 20), yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan 100 (ilgari 10), jismoniy shaхslarga nisbatan esa 50 (ilgari 5) baravaridan oshmasa;
• maхsus iqtisodiy va sanoat zonalari direksiyalarini investitsiya shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini bekor qilish boʻyicha iqtisodiy sudlarga berilgan da’volar boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod qilish.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.05.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova



