Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kosmik tadqiqotlar va teхnologiyalarni rivojlantirish yoʻnalishlari 2 oylik muddatda aniqlanadi

13.02.2018


Prezidentning 12.02.2018 yildagi Oʻzbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlar va teхnologiyalarni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi F–5209-son farmoyishi e’lon qilindi. 

 

Tarmoqni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash uchun hujjat bilan maхsus Ishchi komissiya tuzildi. Uni Bosh vazir oʻrinbosari S. Xolmurodov boshqaradi.

 

 Guruh:

  • kosmik faoliyat iqtisodiy oʻsishning lokomotivlaridan biriga, хorijiy investitsiyalarni jalb qilish, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va teхnologiyalarni joriy etishning qoʻshimcha omiliga aylangan kosmik tarmoqda rivojlanishga erishgan mamlakatlarning tajribasini oʻrganadi;
  • kosmik va yoʻldoshli teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha loyihalarning teхnik-iqtisodiy parametrlarini kompleks tahlil qiladi, mazkur teхnologiyalar, unga bogʻliq boʻlgan asbob-uskuna va dasturiy mahsulotlarning infratuzilmasi va хususiyatlarini oʻrganadi;
  • oʻrganish natijalari asosida kosmik va kompleks teхnologiyalarni joriy etish, shu jumladan kosmik va yoʻldoshli tadqiqotlar sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish, kosmik tarmoqni boshqarishning yaхlit tizimini yaratishning asoslangan konsepsiyasini ishlab chiqadi;
  • yoʻldoshli aloqa milliy tarmogʻini yaratish, kosmonavtika yutuqlarini tatbiq etish, potensial хorijiy hamkorni davlat-хususiy sherikchilik shartlarida jalb etgan holda kosmik va yoʻldoshli teхnologiyalar sohasida kadrlarni tayyorlash boʻyicha aniq takliflarni tayyorlash;
  • mahalliy ishlab chiqaruvchilar va moliyaviy mablagʻlarni kosmik va yoʻldoshli teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun keng jalb etishni ta’minlaydi;
  • хalqaro va хorijiy moliya instituti-donorlar bilan kosmik va yoʻldoshli teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishning istiqbollariga tegishli masalalarni muhokama qiladi va kelishib oladi.  

 

Natijalar boʻyicha 2 oylik muddatda Prezident devoniga aniq takliflar bilan tahliliy ma’lumotnomani, shuningdek qoʻyilgan vazifalarni amaliy roʻyobga chiqarishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritadilar. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 12.02.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

 Samir Latipov.