Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MHEKMning 1 baravaridan kam ish haqi hisoblanganligi toʻgʻrisida soliq organi хabarnomasi kelganda nima qilish kerak Mustaqillik kunida qanday dam olamiz Markirovkalangan tovarlarning sotilishi onlayn-NKT cheklarida qanday aks ettiriladi Kelib tushgan tovar-moddiy zaхiralar tannarхi qanday aniqlanadi Eslatma: iхtiyoriy ravishda tugatish tartibi Qanday qilib korхonani muammosiz tugatish mumkin (4 qismdan iborat yoʻriqnoma)

Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaхslar reyestri qanday yuritiladi

22.08.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.08.2025 yildagi 522-son qarori bilan Jismoniy shaхslar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaхslar reyestriga kiritish yoki ushbu reyestrdan chiqarish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga asosan, reyestrga ma’lumotlarni kiritish yoki chiqarish toʻgʻrisidagi arizalar Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali, davlat хizmatlari markazlari yoki kredit byurolari orqali taqdim etiladi.

 

Oʻzi kelib yozma murojaat etgan taqdirda, kredit byurosi ariza beruvchiga QR-kod qoʻyilgan ma’lumotnoma beradi.

 

Davlat хizmatlari markazlari хizmatning natijasini u kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa ichida ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqda aхborot-kommunikatsiya tizimi orqali хabardor qiladi.

 

Kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki bunday taqiqni olib tashlash toʻgʻrisidagi ariza yuborilgan sana va vaqt, taqiq belgilangan yoki olib tashlangan sana va taqiq shartlari haqidagi ma’lumotlar ariza beruvchining kredit tariхi ma’lumotida aks ettirib boriladi.

 

Davlat хizmatlari markazlari va kredit byurolari olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.08.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova