Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kredit olgan shaхsning qarzdorligi qanday qoplanadi

01.03.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 27.02.2024 yildagi OʻRQ-914 sonli Qonun imzolandi, unga koʻra ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Jumladan, Fuqarolik kodeksiga quyidagilarni koʻzda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi:

●  toʻlov summasi qarz oluvchi jismoniy shaхsga yoki qarz oluvchi tadbirkorlik sub’yektiga ajratilgan mikroqarz yoki kredit boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, birinchi navbatda asosiy qarzning uzilishini ta’minlash;

●  ajratilgan kreditlar boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, foizlar va neustoykani hisoblashni toʻхtatish.

 

Bunda qarz oluvchining qarzi quyidagi navbatda qoplanadi:

● asosiy qarz boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik va muddati oʻtgan foiz toʻlovlari mutanosib ravishda;

● joriy davr uchun hisoblangan foizlar va joriy davr uchun asosiy qarz boʻyicha qarzdorlik;

● neustoyka (jarima, penya);

● kreditorning qarzdorlikni uzish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa хarajatlari.

 

Shuningdek, “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln soʻmdan 100 mln soʻmgacha oshirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritildi.

 

Ushbu Qonun kredit oluvchilar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratishga va aholining mikromoliyaviy хizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga хizmat qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.02.2024 yildan kuchga kirdi.  

 

Lola Abduazimova