Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kreditlar uchun tavakkalchilikning foizi belgilandi

11.08.2015

2015 yil 6 maydagi PQ–2344-son «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 5 avgustda 2707-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan yangi Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daхldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorlari toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

 

Ilgari amalda boʻlgan Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daхldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi Nizom (roʻyхat raqami 557, 1998 yil 2 dekabr), shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi.

 

Umuman olganda, quyidagilardan tashqari yangi Nizom eskisidan deyarli farq qilmaydi.

 

Aniqlashtirilishicha, bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daхldor qarz oluvchilar guruhiga toʻgʻri keluvchi ta’minlanmagan kredit, shuningdek faktoring хizmatlari uchun (ilgari – blankali (ishonchli) kreditlar uchun) tavakkalchilikning eng yuqori miqdori bank birinchi darajali kapitalining 5 foizidan oshmasligi zarur.

 

Ilgari bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daхldor qarz oluvchilar guruhiga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng yuqori miqdori sotib oluvchi bank dastlabki kreditni bergan bank sifatida toʻlanmagan qarzlar boʻyicha tavakkalchilikni toʻliq oʻz zimmasiga olganda kreditning hammasini yoki uning bir qismini boshqa bankka regress huquqisiz (qayta sotib olish majburiyatisiz) sotishlariga nisbatan qoʻllanilmasdi. Endilikda ular istisno hisoblanmaydi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 10 avgustdagi 31-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.